3
Kimyo fanlari doktori, professor H.B.Do’stov tahriri ostida.
Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi: o’quv qo’llanma / G`.R.
Bozorov, A.F. Xo’jaqulov; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi
Taqrizchilar:
O’z FA Umumiy va noorganik kimyo instituti
professori, kimyo fanlari doktori: G.R. Narmetova
Buxoro NQIZ bosh muhandisi N.Sh.Muxtorov
Mazkur o’quv qo’llanma namunaviy va ish dasturlari asosida tuzilgan. O’quv
qo’llanma neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyalarini o’rganishga
bag`ishlangan bo’lib, zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulot olishga mo’ljallangan
nefni qayta ishlash qurilmalari hamda ulardan
olinadigan avtomobil benzini,
dizel va
reaktiv dvigatellar yoqilg`isi, koks, bitum va boshqa mahsulotlar haqida ma’lumotlar
berilgan. Bu mahsulotlarni olish yo’llari, tavsifi, olinish sxemasi
va ularning sifatini
oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan jarayonlar tahlili bayon qilingan. Jumladan, neftni
birlamchi haydash va neft mahsulotlari sifatini
oshiruvchi katalitik riforming,
gidrotozalash, gidrokreking, kokslash va boshqa jarayonlar to’g’risidagi
mavzular
yoritilgan bo’lib, oliy ta’lim tizimida “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi”, “Neft va
gazni qayta ishlash texnologiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida
tahsil olayotgan
talabalar shuningdek neft va gazni qayta ishlash zavodlarida
ishlaydigan texnik -
muhandis xodimlari foydalanishlari mumkin.