Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

orasida oqib o’tishi
lozim bo’lgan. Katalizator 
sirkulyatsiyasi darajasi endi kerakli chegaragacha oshirilishi mumkin bo’lib, re-
generator va reaktor orasida issiqlik balansini ta’minlovchi va katalizatorning 
lokal isib ketishini oldini olish uchun regeneratorda sovituvchi zmeeviklarni olib 
tashlash ta’minlanardi.
Model III (1951 y.) da reaktor va regenerator endilikda 
bir sathda
joylashgan 
bo’lib, bu qurilmaning og`ir metallokonstruktsiyalarini ancha arzonlashtirardi. 
1952 yilda xom-ashyo bo’yicha quvvati 3,5 mln t/yil bo’lgan model IV joriy 
qilingan bo’lib, u model III ga nisbatan narxi 25% kamroq bo’lgan. AQSh 
hukumati yirik neft firmalarining harakatlarini birlashtirdi, va 1942-1952 yy. 
orasida 
deyarli
hamkorlik tadqiqotlarini o’tkazishdi. Shuning uchun har bir 
firma o’zining FKK qurilmalarini o’rnatardi, biroq 
umuman olganda 
ular 
deyarli bir xil
bo’lishgan. Masalan, “UOP”(“Universal Oil Products”) firmasi 


197 
1947 yilda o’zining FKK loyihasini joriy qildi, 1951 yilda“Kellogg” firmasi 
o’zining “Orthoflow V” jarayonini ishga tushirdi. Bular kompakt bloklar bo’lib, 
ularda reaktor “UOP” jarayonida regenerator ustida joylashgan edi, va aksincha, 
“Orthoflow V” jarayonida reaktor regenerator ostida joylashgan bo’lib, unda ilk 
marotaba jihozlar ichida katalizator tashuvchi to’g`ri chiziqli mo’rilari 
ishlatilgan edi.
1962 yilda jahon bozoriga yangi sintetik, seolit - saqlagan “Durabead-5” 
kreking katalizatori chiqarildi. Bu avvalgi amorf alyumosilikat katalizatori 
barcha turlariga nisbatan ancha faolroq va selektivroq kristallik katalizator 
bo’lgan. Unda krekingda kamroq vodorod, quruq uglevodorod gazi va koks 
chiqqan bo’lib, bu so’nggi bo’lmagan uglevodorodlar miqdori 2 marta kichik, 
oktan soni esa ancha yuqori benzin fraksiyasi chiqishini oshirardi. 1962 yildan 
boshlab katalitik kreking texnologiyasida yangi bosqich va reaktor bloklarining 
printsipial yangi konstruktsiyalari paydo bo’ldi. Eng jiddiy farqi bo’lib 
krekingni lift-reaktorda o’tkazish
, ya’ni katalizatorning tez qaynar qatlamida 
xom-ashyo bilan aralashmada transport-yuk ko’targichda o’tkazish amalga 
oshirilishi hisoblanadi. 1971 yilda kreking jarayoni deyarli butunlay yuk 
ko’targichda o’tadigan reaktorli blokli birinchi qurilma ishga tushirilgan (All 
Riser Cracking ili Transfert Line Cracking). 
Ko’pchilik qurilmalar mavhum suyultirilgan katalizatorli kichik reaktor zona, 
separatsion zona va bug`latish zonasidan iborat kichik o’lchamdagi an’anaviy 
reaktor va lift-reaktor oraliq texnologiyasidan foydalanadi. Bu turli xom-
ashyoda reaktor bloki ishida katta texnologik moslashuvchanlikni ta’minlaydi. 
1970-yillarda eski jihozlar rekonsruktsiyalanib, FKK qurilmalarining turlicha 
yangi loyihalari joriy etilib, ularda mikrosferik seolit-saqlagan katalizator yangi 
modifikatsiyalariga nisbatan bir qator muhandislik yechimlari qo’llanildi. Turi 
loyihalarning o’ziga xosliklari va farqliklari katta emas, va asosan 
qo’yidagilardan iborat bo’lgan: faqat lift-reaktordagi kreking, faqat ikkita lift-
reaktordagi kreking, kreking asosan lift-reaktorda o’tkaziladi, biroq zich fazada 
kichikroq “an’anaviy” reaktor mavjud. 


198 
Yirik firmalar ham o’zlarining jarayonlarini joriy qilishgan: “Esso” 1970 
yilda - model IV (1952 g.) modifikatsiyasi, katalizator uchun U-simon transport 
liniyalari, lift-reaktor va katalizatorning zich qaynar qatlami mavjud; “Esso” 
Flexicracking 1972 yilda - kreking faqatgina lift-reaktorda o’tkaziladi; “UOP” 
1972 yilda–faqat lift-reaktor, va unga xom-ashyo uzatilishiga va retsiklga ega; 
“Kellogg” 1972 yilda - model “Orthoflow S” xom-ashyo uchun lift-reaktor va 
retsikl uchun boshqa lift-reaktor, shuningdek an’anaviy reaktor; “Kellogg” 1973 
yilda–“Orthoflow” modellaridan farqlanuvchi yangi konseptsiya, bitta kuchli 
lift-reaktorga ega, katalizator bevosita bug`latish sektsiyasiga bo’shatiladi, 
regeneratorda ikkita bosqich, katalizator liniyalari uchun maxsus klapanlar; 
model «Texaso» 1972 y. – xom-ashyo uchun lift-reaktor va retsikl uchun 
boshqa lift-reaktor (birinchi bosqich), undagi kreking kichik reaktorning zich 
qatlamida tugaydi (ikkinchi bosqich); model “FCC-Gulf” (1972 y.) – xom 
ashyoning butun krekingi lift-reaktorda o’tkaziladi, bunda turli xom-ashyo 
uchun reaktsiya turli vaqtini boshqarish uchun balandligi bo’yicha xom-ashyo 
kiritiladi; “Standard Oil” firmasining “Ultracat Cracking” jarayoni (1973 y.) 
xom-ashyo va retsikl uchun bitta kuchli lift-reaktor, shuningdek uglerod oksidni 
98% gacha yondirish bilan katalizator regeneratsiyasi yangi texnologiyasini 
ishlatadi.
Yangi katalizatorlarga o’tishda murakkam masala bo’lib, misol uchun, lift- 
reaktorda 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin