Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Benzin, kerosin va dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda boradigan kimyoviy



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Benzin, kerosin va dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda boradigan kimyoviy 
reaktsiyalar. 
Sanoatda neft fraksiyalarini gidrotozalash jarayonlari odatda alyumo-
kobalt-molibdenli, alyumo-nikel-molibdenli va boshqa katalizatorlarda 350-
400
0
S haroratda, 30-50 atm. bosim va vodorodni xom-ashyoga ko‘ra molyar 
nisbati 5:1dan 10:1gacha bo‘lgan sharoitda o‘tkaziladi. Oltingugurt neft va 
gazni qayta ishlash mahsulotlarida elementar S, H
2
S, merkaptanlar, olifatik va 
aromatik sulfidlar, siklik sulfidlar va tiofenlar ko‘rinishida saqlanadi. Disulfidlar 
asosan merkaptanlarni oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Elementar S ham 
asosan H
2
Sni oksidlanish mahsuloti hisoblanadi. Katalitik gidrotozalash 
jarayonlarida boruvchi oltingugurtli birikmalari gidrogenoliz reakstiyalari 
quyida keltirilgan. 
S
H
H
R
H
R
H
R
S
R
S
H
H
R
H
R
S
S
R
S
H
H
R
H
SH
R
2
2
2
2
2
2
2
2
2
3




















Oltingugurtli birikmalar gidrogenoliz reakstiyalari S – S bog‘ini uzilishi 
va erkin valentli to‘yinishi bilan xarakterlanadi. Oltingugurt birikmalari 
gidrotozalash bilan bir qatorda ma’lum miqdorda olefinli uglevodorodlar, azotli 
va kislorod saqlovchi birikmalarni vodorodga to‘yintirishi shuningdek 
metalloorganik birikmalarni buzilishi sodir bo‘ladi.
Vodorod bosimi ostida oltingugurt birikmalarini katalitik gidrirlash ustida 
Moldovskiy to‘liq tatqiqotlar o‘tkazgan. U shuni ko‘rsatdiki, 230
0
S haroratda va 
30 atm. bosimda katalizator ishtirokida gidrirlashda turli tuzilishdagi 
merkaptanlarni o‘zgarish darajasi bir xil bo‘lmay qoldi. Sulfidlar bog‘i 
merkaptanlarga 
nisbatan 
qiyinroq 
uziladi. 
Oltingugurt 
birikmalari 
mustahkamligi quyidagi tartibda olib boriladi: merkaptan ‹ disulfid ‹ sulfid ‹ 
tiofen. 
Oltingugurt 
birikmalari 
molekulyar 
og‘irliklari 
oshishi 
bilan 


67 
oltingugurtsizlantirish gidrogenolizi tezligi pasayadi. Shunga ko‘ra, ligroin 
distillyatlarini 
oltingugurtsizlantirishda 
gidrirlashni 
og‘ir 
distillyatlarni 
tozalashga nisbatan biroz yumshoq rejimda o‘tkazish ta’qiqlanadi. Oltingugurt 
organik birikmalari gidrogenoliz reaktsiyalarini Oboleitstev va Mashinlar davom 
ettirdilar. 
Oltingugurt 
birikmalarini 
gidrirlash 
bilan 
bir 
vaqtda 
oltingugurtsizlantirish gidrogenoliz sharoitida parafin va naftenli uglevodorodlar 
izomerizatsiyasi ham kechadi. Bu reaktsiya katalizator xususiyatiga bog‘liqdir.
Gidrotozalash jarayonida ma’lum darajada metall organik birikmalarni buzilishi 
sodir bo‘ladi. Jarayonda metallar katalizatorga o‘tirib qoladi. Shuning uchun 
ma’lum vaqtdan so‘ng katalizatorning aktivligi pasayadi. Gidrotozalash 
jarayonlari ko‘lamida asosiy o‘rinlardan birida oltingugurtli neft distillyatlaridan 
oltingugurtsiz dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hisoblanadi. Ikkilamchi qayta 
ishlashdan olinuvchi distillyatlar kamdan-kam hollarda gidrotozalashga 
kiritiladi. Jarayonda foydalanadigan vodorod saqlovchi gaz riforming 
qurilmasidan olinib, uning tarkibidagi vodorod miqdori 60% dan 95% gacha 
bo‘ladi. Gidrotozalash jarayoni alyumokobaltmolibdenli (Al-Co-Mo) yoki 
alyumonikelmolibdenli 
(Al-Ni-Mo) 
katalizatorlarda 
turli 
sharoitlarda 
o‘tkaziladi.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin