68
chiqayotgan gaz va bug‘lar 16- kondensator sovutgichga kelib tushadi. Bu
yerda olingan 3 fazali aralashma (ikkita suyuq, bitta gaz) 18- separatorda
ajratiladi:
suvli kondensat, haydalma 19-nasos yordamida so‘rib olinib
qurilmadan chiqariladi. Yuqoridan uglevodorod gazlari chiqariladi. 11-
kolonna ortiqcha bosimda ishlaydi. 11- kolonnadan chiqayotgan moyni
quritish maqsadida 15- vakuumli quritgich kolonnasiga beriladi. 15-
vakuum
kolonna pastida toza moy 17- nasos orqali so‘rib olinib, 20- issiqlik
almashgichdan o‘tib, 21- suvli sovutgichda sovutilib, 23- filtrdan o‘tib 24-
sovutgichda sovutilib, gidrotozalangan mahsulot rezervuarlarga qurilmadan
chiqariladi. Moy 23- filtrda katalizator changi
va korroziya mahsulotlari
bo‘lgan yumshoq zarrachalardan tozalanadi. 14- yuqori bosimli separatorda
yig‘ilgan kam miqdordagi kondensat 13- droselli klapandan o‘tib, 18-
separatorga tushadi. 14- separatordan ketayotgan yuqori bosimli vodorod
saqlagan gaz 10- nasadkali tipdagi tomchilagichdan o‘tib,
shu bosimda
gazlarni monoetanolamin yordamida tozalash bo‘limida H
2
S dan tozalanadi.
Agar yoqilg‘i kerak bo‘lsa, gazning bir qismi yoqilg‘i tizimiga haydaladi.
Asosiy qism esa 12-tomchi ulagichdan so‘ng, 7- kompressorda siqilib, 6, 4-
issiqlik almashgichlardan o‘tib xom-ashyo bilan yana aralashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: