Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Jarayonning asosiy omillari



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Jarayonning asosiy omillari. 
Harorat.
Harorat oshganda oltingugurtdan tozalash darajasi ortib boradi. 
Shu bilan bir vaqtda haroratning ko‘p miqdorda oshganida gidrokreking 
reaktsiyalari, gazlar, engil mahsulotlar ko‘payishi bilan o‘tadi, bu hol 
katalizatorning tez kokslanishiga olib keladi. 
Bosim.
Reaktorda 
vodorod 
portsial 
bosimining 
oshishi 
bilan 
oltingugurtdan tozalash darajasi ortadi. Bunda katalizatorning kokslanishi 


88 
kamayadi, so‘nggi uglevodorodlarning to‘yintirish reaktsiyalari va aromatik 
uglevodorodlarning gidrogenizatsiyasi tezlashadi. 
Xom-ashyoni etkazish hajmiy tezligi.
Bu qiymat o‘zidan, bir soatda 
etkaziladigan suyuq xom-ashyoning uzatish zichligi bo‘yicha hisoblangan 
katalizator hajmiga nisbatini bildiradi. Xom-ashyo hajmiy tezligining oshishi 
natijasida katalizator bilan muloqot davomiyligi kamayadi, oltingugurtdan 
tozalash chuqurligi pasayadi, vodorod sarfi pasayadi va katalizatorni kokslanish 
darajasi oshadi.
Tarkibida vodorod saqlagan gaz aylanma harakatining karraligi. 
Gidrotozalash jarayoni vodorodning keragidan ortiq miqdorida amalga 
oshiriladi. Tarkibida vodorod saqlagan gaz aylanma harakatining optimal 
karraligi mavjud, u quyidagini tashkil etadi: 1 m
3
suyuq xom-ashyoga 45-60 m
3
aylanma harakatdagi VSG(vodorod saqlagan gaz). Optimal qiymatdan past 
karralikda molekulyar vodorodning etarli bo‘lmagan miqdori hisobiga 
oltingugurtdan tozalash darajasi pasayadi. Aylanma harakat karraligining 
optimal qiymatdan oshganida, uning katalizator bilan muloqoti davomiyligining 
kamayishi hisobiga, desulfidlash darajasi pasayadi. 
Aylanma harakatdagi gazning tozaligi.
Aylanma harakatdagi gazda 
vodorod kontsentratsiyasining pasayganida, vodorodning portsial bosimi 
pasayadi, binobarin xom-ashyoni oltingugurtdan tozalash darajasi pasayadi va 
katalizatorning kokslanish tezligi oshadi. Aylanma harakatdagi gazda vodorod 
sulfid miqdorining oshishi bilan gidrotozalash samaradorligi pasayadi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin