94
A. Xom-ashyoning sifati.
Xom-ashyo
kimyoviy
tarkibi,
haydalishi
va
zichligi
bo‘yicha
xarakterlanadi. Xom-ashyo qancha kam parafinlangan bo‘lsa, uni riformatlash
shuncha oson kechadi va aksincha parafinli xom-ashyo murakkabroq
riformatlanadi, buning uchun degidrostiklizastiyaning qulay sharoitlarini
ta’minlash kerak. Buni amalga oshirish qiyin. Haydash xom-ashyo
komponentlarining harakati bo‘yicha tarqalishini xarakterlaydi. Qaynash
haroratining yuqori qiymati 180
0
S.
B. Harorat.
Oktan sonini rostlash maqsadida harorat asosiy ishchi parametr
hisoblanadi. Haroratni oshishi oktan sonini yaxshilaydi. Riformatni chiqishini
kamaytiradi. Risirkulyatsion gazda vodorodni tozaligini kamaytiradi va koks
hosil bo‘lishini oshiradi. Riforming uchun eng qulay harorat 502
0
C.
V. Bosim.
Reaktordagi bosim asosiy parametr hisoblanadi. Bosim qancha past
bo‘lsa, belgilangan oktan sonidagi riformat va vodorodning chiqishi shuncha
yuqori bo‘ladi. Bosimni pasayishi koks hosil bo‘lishini kuchaytiradi, ammo
amortizatsiya
darajasini
pasaytiradi.
Bosimning
pasayishida
turbokompressorning unumdorligi pasayadi va vodorod saqlagan gazning
aylanma harakatining karraliligi pasayadi. Bosimning ortishi bilan gaz hosil
bo‘lishi oshadi, katalizatning chiqishi pasayadi.
G. Vodorod saqlagan gaz
Vodord saqlagan gazning aylanish karraliligining tavsiya etilganidan
yuqori bo‘lishi qurilmaning unumdorligini pasaytiradi, aksincha uning pasayishi
katalizatorda koks hosil bo‘lishini ko‘paytiradi.
D. Aylanma gazdagi vodorodning miqdori
Aylanma harakatlanayotgan gazda vodorod konsentratsiyasining pasayishi
katalizatorda yuqori koks hosil bo‘lishiga olib keladi, riforming asosiy
reaksiyalari tezligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: