Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Neft moylarini klassifikatsiyasi,moylarning asosiy sifat belgilari



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

9.2.Neft moylarini klassifikatsiyasi,moylarning asosiy sifat belgilari. 
Motor moylari 
Transportlarda, 
qishloq 
xo‘jaligi 
va 
boshqa 
mashinalarda
foydalaniladigan porshenli ichki yonuv dvigatellarini moylashda motor moylari 
foydalaniladi. Neft moylari ishlab chiqarishda ularning hajmiy ulushi 50% dan 
ortadi. Barcha motor moylari selektiv tozalangan bazaviy moylarga har xil 
funktsional qo`ndirmalar qo‘shib aralashtirish yo‘li bilan olinadi. Porshenli 
ichki yonuv dvigatellarida (aviatsiya dvigatellaridan tashqari) har xil tarkib va 
xossali tovar moylari qo‘llaniladi. Bazaviy moylarni xarakterlovchi asosiy 
xossalari 
quyidagilar: 
qovushqoqligi, 
past 
haroratlarda 
harakatlanishi, 
qo`ndirmalar qo‘shilganligi. 
Qishgi va yozgi motor moylari quyidagi markadagi bazaviy moylardan 
tayyorlanadi: M-6 (AS-6)-distillyatli; M-8 (AS-8, DS-8)-distillyatli va qoldiq 


108 
moylar aralashmasi (14% dan kam emas); M-11 (DS-11)- distillyatli va qoldiq 
moylar aralashmasi (30% dan kam emas); M-14 (DS-14) - distillyat va qoldiq 
moylar aralashmasi (40% dan kam emas); M-16 (DS-16) - distillyat va qoldiq 
moylar aralashmasi (50% dan kam emas); M-20 – qoldiq moylar. Avtomobillar 
uchun selektiv tozalangan yuqori indeksli bazaviy moylardan quyidagi motor 
moylari tayyorlanadi: ASV-6-distillyatli; ASV-10 distilyat va qoldiq moylar 
aralashmasi (25% dan kam emas). Chuqur parafindan tozalangan past haroratda 
qotadigan ASV-5 va veretenli A4 bazaviy moylari hamma fasllarda va shimolda 
qo‘llanilishi mumkin. Juda kam miqdorda kislota kontaktli va kislota – ishqorli 
tozalashdan olingan moylar ishlab chiqariladi. Avtotraktor dvigatelari uchun 
ishlatiladigan zamonaviy motor moylarida albatta qo`ndirmalar bo‘ladi. 
Moylarni yuvuvchi va dispertsiyalovchi xossalari, oksidlanishga qarshi
moylash va himoyalash xususiyatlari asosan ular tarkibidagi qo`ndirmalarning 
miqdoriga va sifatiga bog‘liq. Moylarga asosan (VNIING-360, DF-11, MNIIG-
22 k va boshqa) ko‘p funktsional qo`ndirmalar va qo`ndirmalar kompozitsiyasi 
qo‘shiladi. Ta’sir qilish mexanizmi va kimyoviy jarayoni har xil qo`ndirmalar 
aralashmasidan karbyurator va dizel dvigatellarida past va yuqori haroratlarda 
qoldiq qolishini oldini oladigan universal ekspluatatsion xossali motor moylari 
olinadi. 
Dvigatellarda moylarni ishlash shartlarining doimiy kuchayishi va 
qo`ndirmalar qo‘shilgan yangi yuqori sifatli moylarni paydo bo‘lishi bilan 
O‘zbekistonda ichki yonuv dvigatellari uchun motor moylarining 
klassifikatsiyasi ishlab chiqildi va tarqatildi. Ishlatilish sharoitlari va 
dvigatellarni ishlash kuchlanishlarini ortishi bilan moylar 100
0
C dan (6 dan 20 
mm
2
/s gacha) qovushqoqligi va boshqa xossalari bilan farqlanadigan olti 
(A,B,V,G,D va S) guruhlarga bo‘linadi. Tovar moylari quyidagicha belgilanadi: 
M-8A, M-10B bu erda “M” motor moyini, “A”, “B” moy guruhini, sonlar esa 
100
0
C dagi qovushqoqligini anglatadi. B,V,G guruhidagi moylarni ishlatilishiga 
bog‘liq holda guruhlarga bo‘linadi, 1-karbyuratorli, 2-dizel dvigatelari uchun. 
A,V,B va G guruhidagi moylarni karbyuratorli va avtotraktorlarda qo‘llash 


109 
mumkin. D va E guruhidagi moylarni esa faqat dizel dvigatellarida qo‘llash 
mumkin. Quyuqlashtirilgan moylarni M-43/6V, M-63/10 G deb belgilanadi, bu 
erda “3” indeksi moy tarkibidagi quyuqlashtiruvchi qo`ndirma miqdorini 
anglatadi. Birinchi son esa moyning -18
0
C dagi (1300 dan 2040 mm
2
/s) 
qovushqoqlik sinfini anglatadi.
M-8 B, (AS-8-selektiv tozalangan avtol) kam forsunkali karbyuratorli 
dvigatellarga mo‘ljalangan. Uni qoldiq moyga distillyat komponentlarini 
aralashtirish yo‘li bilan olinadi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin