114
ISP va ISPi seriyasidagi moylar metall kesuvchi stanoklarni tishli
uzatmalarini moylash uchun mo‘ljallangan. Ular yuqori yemirilishga qarshi
xususiyatlari
bilan
xarakterlanib,
moylash
xususiyatini
yaxshilovchi
qo`ndirmalar qo‘shilgan. Ishlab chiqarish qurilmalaridagi o‘rta
kuchlanishda
ishlovchi va tishli uzatmalarni moylash uchun selektiv tozalangan distillyat va
kompaundirlangan qo`ndirmalar qo‘shilgan moylardan tayyorlangan IRP
seriyasidagi moydan foydalaniladi. ITP – seriyasidagi
moylar oltingugurtli
neftlardan olingan qoldiq neft moylaridan olinib og‘ir kuchlanishda ishlovchi
tishli uzatmalarni moylashda qo‘llaniladi. IRP va ITP seriyasidagi moylarga
yuqori kontsentratsiyadagi moylash xususiyatini oshiruvchi qo`ndirmalar
qo‘shilganligi sababli yemirilshga qarshi xossalarining
yaxshiligi bilan
xarakterlanadi. Qo`ndirmasiz moylarni tanlab olishni asosiy mezoni uning
qovushqoqligi.
Qovushqoqlik bo‘yicha industrial moylar uchga bo‘linadi: Yengil (50
0
C
da 3,5 – 10 mm
2
/s); O‘rta (50
0
C da 10 - 58 mm
2
/s); Og‘ir (100
0
C da 11 – 96
mm
2
/s). Qo‘lanilishga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: Yengil va o‘rta tezlikdagi va
kuchlanishdagi; Ish sharoiti og‘ir bo‘lgan
Yengil industrial moylari yuqori tezlikda
va kuchlanishda ishlovchi
mashina mexanizmlarni moylashda ishlatiladi. Selektiv yoki kislotali tozalangan
distillyat moylaridan o‘rta industrial moylari tayyorlanadi. Qovushqoqligini
yuqoriligi sababli bu moylar kuchlanishi yuqori bo‘lgan tezligi pastroq
mexanizmlarni (I-12 A, I-20 A, I-40 A) moylashda ishlatiladi. Og‘ir
industrial
moylarini og‘ir kuchlanishda (kranlar, burg‘ilash qurilmalari, martenli
pechlarda) ishlovchi mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladi. Moylarni bu
guruhiga quyidagilar kiradi: Yengil silindr 11 – moyi, Viskozin-24, og‘ir silindr
38 va 52 moylari kiradi.
Dostları ilə paylaş: