Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


123 
X- BОB. MOY FRAKSIYALARINI TOZALASH USULLARI, MOY 
FRAKSIYALARINI TANLAB TA`SIR ETUVCHI ERITUVCHILAR 
YORDAMIDA TOZALASH 
10.1.
Moy fraksiyalarini tozalash usullari, moy fraksiyalarini tanlab ta`sir 
etuvchi erituvchilar yordamida tozalash 
Neft moylari yuqori haroratda (300-800
0
C) qaynovchi fraksiyalar bo‘lib, 
ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq 
uglevodorodli aralashmalari, oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar hamda 
juda kam miqdorda metallar (V, Ni, Fe, Cu) bo‘ladi. 
Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo‘linadi. 
Neftdan moylarni olish yo‘li va sifatiga ko‘ra: oq moylar, izolyatsiya, 
konservatsion va surkov moylariga bo‘linadi. 
Neftning distillyatli va qoldiq moylarni tozalash usuliga ko‘ra mineral surkov 
moylari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Ishqor yordamida tozalash. 
2. Kislota-ishqorli tozalangan, bunda distillyatli moylar H
2
SO
4
bilan ishlov 
berilib, uning tarkibidan smolali moddalar va to‘yinmagan uglevodorodlar 
ajratiladi. 
3. Kislota-kontaktli tozalangan, ya’ni distillyat va qoldiq neft moylari H
2
SO
4
da 
ishlov berish orqali olingan moyda keyingi tozalash jarayonida oqartiruvchi 
qum-tuproqda yuqori haroratda H
2
SO
4
qoldiqlari parchalanishi va ajratilishi 
uchun o‘tkaziladi. 
4. Selektiv tozalangan, bu moylar selektiv erituvchilar yordamida tozalangan 
bo‘lib, uning tarkibidagi keraksiz uglevodorodlar va smolali moddalarni eritib 
olish bilan tozalangan mineral surkov moylari kiradi. Ular vazifasiga ko‘ra 
quyidagi moylarga bo‘linadi: 
1. Industrial moylar. 2. Ichki yonuv dvigatel moylari. 
3. Bug‘ mashina moylari. 4. Maxsus moylar. 


124 
Industrial moylar- fabrika, zavodlar va qishloq xo‘jaligida mashina va 
mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. Industrial moylar sinflanishiga 
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 

yengil qovushqoqlikdagi - 50
0
C da 3,9-8,5 sst gacha qovushqoqlikka 
ega; 

o‘rta qovushqoqlikdagi - 50
0
C da 12,0-57,0 sst gacha 
qovushqoqlikdagi; 

og‘ir qovushqoqlikdagi - 57,0 sstn gacha qovushqoqlikdagi. 
Yengil industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. 
Velosit moyi yengil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni 
moylash uchun qo‘llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun 
ishlab chiqarish mexanizmlari. Vazelin moyi 50
0
C dagi qovushqoqligi 5,0-8,5 
sst bo‘lib, parfyumeriyada, charm ishlab chiqarish va nazorat o‘lchov 
asboblarini moylash uchun ishlatiladi.
O‘rta industrial moylar guruhiga vereten va mashina moylari kiradi. Vereten 
moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko‘ra vereten-2 va vereten-3ga bo‘linadi. 
Vereten-2 50
0
C dagi qovushqoqligi 11,8- 14,0 sst bo‘lib, kam quvvatli 
elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. 
Vereten 3 50
0
C dagi qovushqoqligi 19 -23 ,5 sst bo‘lib, u materiallarga 
ishlov berish sanoatidagi turli mexanizmlar, chilangarlik, silliqlash, teshik 
ochuvchi, kesuvchi va boshqalarni moylashda qo‘llaniladi. 
Mashina moylari qovushqoqligiga ko‘ra L va S markalarga bo‘linadi. L
markadagi moy turli mashina detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. S marka 
esa katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. 
Og‘ir industrial moylar guruhiga kislota kontaktli usulda tozalangan 
distillyat moyi silindr-2 kiradi. Silindr-2 moyi yuqori haroratda ishlovchi, katta 
kuchlanishli va kichik tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi.
Silindr-2 moyini qovushqoqligi 100
0
C da 9,6-14,0 sst.
Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar qo‘llanilishiga ko‘ra: 1. Aviatsiya. 2. 
Avtomobil. 3. Traktor. 4. Dizel. 5. Motor moylariga bo‘linadi. 


125 
Aviatsiya moylari qishki va yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz mavsumida 
MK-22 va MK-20 markada bo‘lib, 100
0
C dagi qovushqoqligi 22 va 20 sstga 
teng. S markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo‘lib, aviamotorlarda ishlatiladi. 
Avtomobil va traktor moylari barcha turdagi avtomobil, traktor va mototsikl 
dvigatellarida ishlatiladi. Avtotraktor moylari (avtollar) qovushqoqligi bo‘yicha 
avtol-4, avtol-6, avtol-10 va avtol-18 ga bo‘linadi. Sellektiv tozalashdan olingan 
avtollar (AS-5 va AS-9,5) faqat karbyuratorli dvigatellarga mo‘ljallangan.
Dizel moylari og‘ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo‘llaniladi. 
Motor moylari qo‘zg‘almas dizel va neftli, gazli dvigatellarda qo‘llaniladi. 
Motor moylari M(45-50 sst) va T (62-68 sst) markalarga bo‘linadi. Bu moylar 
qo‘llanilishi asosan dvigatel quvvatiga bog‘liq. Yuqori quvvatli dvigatellarga T 
markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo‘llaniladi. 
Bug‘ mashina moylari asosan silindr moyi deb ataladi va bug‘ mashinasi 
detallarini moylash uchun ishlatiladi. Bug‘ mashinalari bug‘ turiga bog‘liq 
bo‘lib, ular yordamida ishlatilishiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta 
qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarga bo‘linadi. To‘yingan bug‘da ishlovchi 
mashinalar uchun silindr vispozin 3 va nigrol L navli moylar ishlatiladi. Qayta 
qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarda veport, silindr-6 va veport-gidro navli 
moylar qo‘llaniladi. Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, 
kompressor, parfyumeriya va meditsina moylari kiradi. Transformator moylari 
tranformator o‘zagi va o‘ramlarini sovitish va himoyalash uchun ishlatiladi. 
Turbina moylari bug‘li va suvli turbina podshipniklarni moylash uchun, 
shuningdek bug‘li turbogeneratorlarni boshqarish tizimini to‘ldirish uchun 
ishlatiladi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin