Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Dizel 
va 
qozonxona 
yoqilg`ilari 
uchun 
dispergent 

barqarorlashtiruvchilar. 
To’yinmagan oltingugurtli birikmalarni saqlagan 
dizel va qozonxona yoqilg`ilarida saqlash vaqtida ba’zan oksidlanish jarayonlari 
natijasida erimaydigan cho’kmalar tushadi. Foydalanish nuqtai nazaridan bu hol 
noxush hol bo’lib hisoblanadi, suyuq fazadan erimaydigan cho’kma olish uchun 
disperent-stabilizatlarni qo’llash taklif qilingan. Erimaydigan oksidlanish 
mahsulotlarining yoqilg`ida to’planish vaqtida ular kolloid xarakteriga ega, 
yoqilg`i esa kolloid sistema bo’lib hisoblanadi. Demak bu qo`ndirmalarning 
vazifasi 
bu 
sistemani 
barqarorlashtirish, 
erimaydigan 
moddalarning 
zarrachalarini mayda dispersli holatida saqlab turishdan iborat. 
Bundan tashqari, bu turdagi qo`ndirmalar odatda bir vaqtning o’zida 
antioksidlovchilik ta’sirga ega, ya’ni oksidlanish mahsulotlarining hosil 
bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Yoqilg`ilar uchun disperent-stabilizatorlar sifatida 
turli xil sirt faol moddalar: metallarning naftenatlari, sulfonatlari, fenolyatlari 
“qutbli” polimerlar deb ataladi va ko’pgina boshqa moddalar disperent-
stabilizatorlar sifatida taklif qilingan. Amalda asosan qutbli polimerlar 
qo’llanilmoqda. Ular ikkita monomerlarni yuqori molekulali sopolimerlari 
bo’lib, bu monomerlarning biri qutbsiz xarakterga, ikkinchisi esa qutbli 
xarakterga ega bo’ladi. 


146 
Yoqilg`ilar qurumiga qarshi qo`ndirmalar. 
Etillangan 
benzin-
larning yonishida brom-qo’rg`oshinli qurumlar hosil bo’ladi, ular esa elektr 
tokini yaxshi o’tkazgani uchun svechalarning normal ishini izdan chiqaradi. 
Bundan tashqari bu qurumlar toza qurum qatlamlarilarining o’z-o’zidan o’t 
olishi haroratini keskin pasaytiradi, bu esa o’z navbatida ishchi aralashmasining 
muddatidan oldin alanganishiga sabab bo’ladi. Ko’rsatilgan hodisalar 
karbyuratorli dvigatellarning foydalanish sharoitlarini ancha yomonlashtiradi. 
Oltingugurtli va aromatlangan yoqilg`ilarni yoqishda dizel dvigatellarida 
qurumning hosil bo’lishi dvigateldan normal foydalanishga xalaqit beradi. Bu 
nosozliklar bilan kurashishda yoqilg`ilarga “qurumga qarshi” qo`ndirmalar 
qo’shiladi. Etillangan benzinlarga fosfor saqlangan birikmalar masalan, 
trikrezilfosfat, xlorpropiltiofosfat va boshqalar kiritiladi. Bu
qo`ndirmalarning 
ta’siri shundan iboratki fosfor qo’rg`oshin bilan birikma hosil qiladi. Bu 
birikmalar elektr o’tkazuvchan emas va uglerodli qurilmalarning o’z-o’zidan 
alangalanish haroratini pasaytirish. Dizel yoqilg`isiga qo`ndirmalar yonish 
jarayonini yaxshilab qurum hosil bo’lishini kamaytirishga mo’ljallangan. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin