Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Eskirishga qarshi qo`ndirmalar



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Eskirishga qarshi qo`ndirmalar. 
Surkalanadigan detallar katta bosim 
ta’sirida bo’lganida chegara joylarini surkash sharoitida detallarning eskirishiga 
qarshi moylarga ularning surkovchi xususiyatlarni oshiruvchi maxsus 
qo`ndirmalar qo’shish kerak. Bu ayniqsa transmission va shularga o’xshagan 
moylar uchun ahamiyatlidir, chunki ular har xil tishli, gipaid va chuvalchangli 
olib beruvchilarga surkash uchun mo’ljallangan bo’lib ularda bosim 30.000 
kg/sm
2
gacha ko’tariladi. Chegara qatlamini hosil qilishga ko’maklashadigan 
qo`ndirmalar eskirishga qarshi va tirnalishga qarshi qo`ndirmalar degan nomni 
olgan. Bu turdagi qo`ndirmalar sifatida ko’pgina faol moddalar taqdim qilingan. 
Odatda, bu qo`ndirmalar kislorod saqlagan moddalardir: kislota, efir, hamda 


150 
oltingugurt, xlor va fosforni saqlagan murakkab organik moddalar. Barqaror 
chegara qatlamini hosil qilishda bu qo`ndirmalarning ta’sir etish mexanizmi 
turlicha bo’lishi mumkin. Kislotalar, efirlar va boshqa qutbli kislorod saqlagan 
moddalar adsorbtsiya kuchlari hisobiga metall maydonida ma’lum tartibda 
yo’naladi. Qo`ndirma molekulalarining metallar bilan o’zaro ta’sirlashi 
sovunga o’xshagan moddalarni hosil qilishi ham mumkin degan fikr ham bor. 
Qo`ndirmalar tarkibiga kiruvchi fosfor, oltingugurt va xlor
ham metallar bilan 
reaktsiyaga kirishib effektiy qotishmalar xarakteriga ega bo’lgan anorganik 
pardalar hosil qiladi. Metallga qaraganda bu qotishmalarning suyuqlanish 
haroratlari ancha past bo’lganligi sababli chegara joylarini surkash sharoitida 
yuqori haroratlarda bu qotishmalar oqa boshlaydi. Bunda esa metall yuzasida 
qoplama hosil bo’ladi.
Kislorod saqlagan moddalardan eskirishga qarshi qo`ndirmalar sifatida 
yuqori yog` kislotalardan olein, stearin va boshqalari: tabiiy yog` va moylar, 
aril-alkil radikalli yuqori molekulyar ketonlar keng qo’llanilmoqda. 
Yaxshi maxsus tirnalishga qarshi qo`ndirma antioksidlovchilik xossaga 
ega bo’lgan rux dialtiofosfati bo’lib chiqdi. Yuqorida ko’rsatilgan moddalardan 
tashqari eskirishga qarshi qo`ndirmalar sifatida xlorlangan kislotalar va ularning 
efirlari (trixlorstearin kislota, metildixlorstearat), turli disulfidlar, trikrezilfosfat 
va ko’pgina boshqa organik moddalar taklif qilingan. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin