151
zarrachalarning to’planishini oldini oladi, va metall yuzasidan ularni yuvib
tushiradi va ularni maydalay oladi. Ammo
dvigatellarning porshenlari
ishlatilganda yuvuvchi qo`ndirmali moylar qo’llanilganda ular tozaligicha qoladi
va shu sababli porshen halqalari kuymaydi, qo`ndirmasiz moy ishlatilganda
porshenlar ifloslanib, lakli pardalar hosil bo’ladi
va halqalar kuyadi, bu
qo`ndirmalarning “yuvuvchi” degan nomi saqlanib qolingan yuvuvchi
qo`ndirmalarning ta’sir mexanizmi to’g`risida turli tushunchalar mavjud.
Ularning asosiy funktsiyalaridan biri bo’lib “dispersiyalash” xususiyatidir, bu
xususiyat shundan iboratki ular moydagi hosil bo’ladigan ko’mir zarrachalarini
moyda dispers holatda saqlab turadi. Ehtimol ko’mir
zarrachalarining
yiriklashishiga qo`ndirma molekulalarining ularning yuzasida adsorbtsiyalanishi
to’sqinlik qilsa kerak. Shunday qilib moy kuyundi zarrachalari sistemasi
barqaror suspeziyani tashkil qiladi. Seminido fikriga ko’ra, oksidlanish va
kuyundi hosil bo’lish jarayonlari porshen halqalarning ariqchalarida eng chuqur
sodir bo’ladi. Aynan shu erda uglerod miqdori ko’p bo’lgan
moddalar hosil
bo’lib, ariqchalarda parda holida to’planadi. Porshen halqalari bu pardalarni
yupqalashtiradi, yuvish qo`ndirmalar kuyindini o’ta mayin maydalanishiga
ko’maklashadi, aylanib turgan moy esa maydalangan zarrachalarni yuvib ketadi.
Ko’rinib turibdiki vazifasi va ta’siri mexanizmi
jihatidan yuvuvchi
qo`ndirmalar dispersatlar yoqilg`i stabilizatorlariga yaqindir. Yuvuvchi
qo`ndirmalar sifatida ishlatiladigan moddalar organik kislotalarning tuzlari,
metall fenolyatlari, turli tiofosforli brikmalar va ba’zi boshqa sirt faol moddalar
bo’lib hisoblanadi.
Shuni
ta’kidlash kerakki, odatda yuvuvchi qo`ndirmalar
moylarining boshqa sifat ko’rsatgichlarni ham (antikorrozion, eskirishga qarshi
va shunga o’xshashlar) yaxshilash xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: