Ko’piklanishga qarshi qo`ndirmalar.
Barqaror moylar ko’piklar katta
balandlikda aviatsion dvigatellar ishlaganda qanday hosil bo’lsa, xuddi shunday
katta tezlikda bo’lgan avtomobil dvigatellarda ham hosil bo’ladi. Bir qator
texnik sabablarga ko’ra moyning qattiq ko’piklanishi noxush holdir. Bu noxush
152
hol bilan kurashishda ko’piklanishga qarshi qo`ndirmalar ishlatiladi, ular nafaqat
ko’pik hosil bo’lishining oldini oladi, balki ular moyli-havoli kolloid tizimini
buza oladi.
Ko’piklanishga qarshi qo`ndirmalarning ta’sir etish mexanizmi
moyli pardalarning yuzasida qo`ndirma molekulalarining adsorbtsiyasi tufayli
bu parda barqarorligining pasayishidan iborat. Bu turdagi eng yaxshi
qo`ndirmalar bo’lib kremniy organik moddalar - silikonlar yoki polisiloksanlar
hisoblanadi. Moylarga ulardan juda kam miqdorda (0,1% miqdorida) qo’shiladi.
Ko’p funktsionalli qo`ndirmalar.
Yuqorida bayon etilgandan ko’rinib
turibdiki, neft moylariga yuqori ekspluatatsion xossalariga ega bo’lishi uchun
ularga turli hildagi qo`ndirmalarning anchaginasini qo’shish kerak. Bu noqulay,
qimmat, bundan tashqari qator hollarda bir qo`ndirmalarning borligi bilan
to’xtatiladi. Shuning uchun bir vaqtning o’zida moylarnig turli xossalarini
yaxshilovchi kompleks yoki ko’p funktsionalli qo`ndirmalar e’tiborga loyiqdir.
Ko’p funktsionalli qo`ndirmalar yo turli xil ta’sirli qo`ndirmalarning
aralashmasi yoki maxsus murakkab organik moddalar bo’lib hisoblanadi.
153
XII–BОB. REAKTIV DVIGATELLAR UCHUN YOQILG‘I
Dostları ilə paylaş: |