Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni, yarim uzluksiz



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni, yarim uzluksiz 
kokslash jarayoni. 
Yarim 
uzluksiz 
kokslash 

qizdirilmaydigan 
kameralarida 
sekinlashtirilgan kokslash jarayoni keng tarqalgan. Bu jarayon 30-yillardan 
boshlab qo‘llaniladi. Boshqa termik-qoldiqlar, hattoki qattiq bitum ko‘rinishli 
jinslar-gilsonitlar ham xizmat qiladi. Koks mahsulotining asosiy iste’molchilari 
alyuminiy ishlab chiqarish sanoatidir. U erda koks alyuminiy rudasidan 
alyuminiy qotishmasini ajratishda qaytaruvchi (anod massa) sifatida xizmat 
qiladi. Shuningdek, koksdan grafitlangan elektrod ishlab chiqarish uchun xom-
ashyo, karbidlar (Ca, Si) olishda foydalaniladi. Koksning asosiy ko‘rsatkichlari 
zichligi, oltingugurt miqdori, zolligi va mikrostruktura darajasi hisoblanadi. 
Oltingugurtli neft tarkibidan 1,5% (mass), oltingugurtli koks olinadi. Yuqori 
oltingugurtli qoldiqlardan olingan koksdagi oltingugurt miqdorii 4% 
massagacha yetadi. 
Qizdirilmaydigan kameralarda sekinlik bilan boruvchi kokslash 
qurilmasining texnologik sxemasi 13.1- rasm keltirilgan. Sekinlashtirilgan 
kokslash qurilmalari yiliga 300, 600 va 1500 ming tonnadan koks ishlab 
chiqarish quvvatlarida loyihalanadi. Quyidagi rasmda quvvati yiliga 600 ming 


170 
tonna koks ishlab chiqaruvchi qurilmaning ish tartibi keltirilgan. Qurilma 4ta 
kokslash kamerasi va 2 quvurli qizdirish pechidan iborat reaktor bo‘limi, 
fraksiyalash bo‘limi, issiqlikni qayta tiklash tizimi va mahsulotni sovutish 
bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Xom-ashyo-gudron yoki kreking qoldiq 1-nasos 
yordamida parallel oqimda 2 va 3- pechlarning yuqori ekran qismidan berilib, u 
erda 350-380
0
C gacha qizdiriladi. So‘ngra xom-ashyo 9-kolonnani pastki 
qismiga kaskadli tarelka yuqorisidan kiritiladi. Shuningdek, bu erdan parallel 
ravishda ishlovchi kameralarda hosil bo‘ladigan koksli mahsulotlarini - gaz va 
bug‘larni pastki tarelka ostidan kiritiladi. Xom-ashyo kolonnadagi to‘qnashuv 
natijasida og‘ir fraksiya bug‘lari kondensatsiyalanadi va xom-ashyo bilan 
aralashadi. Bunga ko‘ra kolonna pastida retsirkulyat yoki ikkilamchi xom-ashyo 
hosil qilinadi. Ikkilamchi xom-ashyo 9-kolonnadan 6-nasos yordamida 2 va 3-
pechlarga qaytariladi va 490-510
0
C gacha qizdiriladi. Pech quvurlarida koks 
hosil bo‘lishi oldini olish maqsadida yuqori ekran qismiga ≈3%gacha 
turbolizator deb ataluvchi jihozga qizdirilgan suv bug‘i beriladi. Suv bug‘i 
berilishi hisobidan oqimni zmeevikning reaktsion qismidan o‘tishi tezlashadi. 
Qizdirilgan ortiqcha bug‘ni 10 va 11-bug‘latish kolonnalarida ishlatish mumkin.
Bug‘ holida aralashma pechlaridan so‘ng parallel oqimda 4 yo‘lli 7-kranlar 
orqali ikkita teng ishlovchi 5-kameraga kiritiladi. Bu vaqtda ikki kamera ishchi 
davriy siklga tayyorlanadi. Qaynoq xom-ashyo kameralar pastidan beriladi va 
asta-sekinlik bilan to‘lib boradi. Hajmi ancha katta, ichki diametri 4,6-5,5m va 
balandligi 27-28m. Parchalanishdagi bug‘ mahsulotlari uzluksiz ravishda 
kamera yuqorisidan chiqariladi va 9-kolonnaga yuboriladi, og‘ir qoldiq esa 
qoladi. Suyuq qoldiq esa asta-sekinlik bilan koksga aylanadi. Kamera taxminan 
24 soatda koks bilan to‘ladi. Kameralardagi bosim 0,18-0,60 MPa. Kokslash 
mahsulotlari 9-kolonnada ajratiladi. Kolonna yuqorisidan benzin bug‘lari, suv, 
hamda koks gazlari chiqariladi. Yengil va og‘ir gazoyllar 10 va 11-bug‘lanish 
kolonnalaridan 13 va 12-nasos yordamida beqaror benzinni qizdirish uchun 18-
issiqlik almashtirgich orqali va suv kondensatini isitish uchun 20- issiqlik 
almashtirgichdan o‘tib, sovutish tizimidan so‘ng rezervuarga chiqadi. 


171 
1
3.
1

ra
sm

Qiz
dir
il
may
digan 
ka
mer
ala
rda
s
ekinl
ik 
bil
an 
bor
u
vc
hi 
koks
las

qur
il
mas
in
ning
texnolog
ik 
sxe
mas
i:
1,
6,
12

15 
–na
sos
lar

2,
3
-quvur
li
pe
chla
r; 
4
-yi
g‘
gi
ch; 
5
-s
ekinl
ik 
bil
an 
koks
hos
il
qil
u
vc
hi 
ka
mer
alar

7

to‘
rt 
y
o‘
ll

jo‘
m
ra
k(
k
ra
n)

8,
19,
21
-ha
voli
s
ovit
is

ji
hoz
lar
i; 
9
-r
ekt
if
ika
ts
ion 
kolonna; 
10,
11
-bu
g‘
latu
v
chi 
kolon
na
;16
-s
ovit
kich; 
17
-a
jr
atki
ch

18,
20
-is
siql
ik 
alm
as
hti
rgichla
r.


172 
Kameralar koks bilan to‘lgandan keyin, kameraga xom-ashyo qabul 
qilishi to‘xtatiladi va suv bug‘i yordamida qolgan suyuq mahsulotlar va neft 
bug‘lari siqib chiqariladi. Dastlab siqib chiqarilayotgan mahsulotlar 9-
kolonnaga, qachonki koks harorati 400-405
0
S ga pasayganda bug‘lar oqimi 4-
yig‘gichda siqiladi. Koks harorati to 200
0
S gacha pasayguncha suv bug‘i berish 
davom etadi. Keyinchalik kameraga suv bug‘i beriladi va berilayotgan suv 
atmosferaga bug‘lanish davom etguncha, ya’ni 4- yig‘gichni quyish quvurida 
paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Kameralardan koks gidravlik usulda 
gidroburg‘i va gidrokeskichlar yordamida 10-15 MPa bosimda kesib 
bo‘laklanadi va chiqariladi. 
Jarayonni qiyinchiligi kameralardan koksni tushirish uchun qimmatbaho 
jihozlar (burg‘ilash minorasi, yuqori bosimda ishlovchi suv nasoslari) talab 
etilishidir. Jarayonning xom-ashyo tasnifi va moddiy balansi 13.1-jadvalda 
keltirilgan. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin