Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

14.2-jadval
Mazutni destruktiv haydash jarayoni
Xom ashyoni pechdan chiqishdagi harorati, 
0

460-475 
Mazutga nisbatan suv bug‘i sarfi, % (mass) 
Radiant quvurlarda
1,5-2,0 
Bug‘latgichning pastida 
5,5-2,0 
Bug‘latgichda qoldiqni bo‘lish vaqti, min 
40-120
Bug‘latgichdagi ortiqcha bosim, MPa 
0,2-0,3 
Bug‘latgichdagi bug‘lar tezligi, m/s 
0,26 
14.3-jadval
Oltingugurtli mazutni destruktiv haydashda olinadigan mahsulotlar
Chiqishi, % (mass) 
Oddiy haydash 
Destuktiv haydash 
Gaz 

1,70 
Benzin (205
0
C gacha) 

3,84 
205-350
0
C fraksiya 
4,7 
11,83 
350-550 
0
C fraksiya 
51,9 
60,39 
550 
0


qoldiq 
43,4 
22,24 
Jami : 
100,0 
100,0 


183 
14.
3
-r
as
m.
M
az
utni
de
str
ukti

ha
yda
sh 
qur
ilm
as
ining
texnol
ogik 
sxe
mas
i:
1
-quvu
rli
pe
ch; 
2,
8
-bu
g‘
latgich; 
4
-por
she
n
li
na
sos

5,
6

is
siql
ik 
alm
as
hti
rgich
lar

7
-s
ovit
kich

9
-r
ekt
if
ika
ts
ion 
kolonna; 
10
-bu
g‘
latuvc
hi 
ko
lonna.


184 
14.4. Termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash
Termik kreking jarayonining asosiy maqsadi texnik uglerod ishlab 
chiqarish uchun xom ashyo tayyorlashdir. Xom ashyo sifatida og‘ir katalitik 
gazoyllar aralashmasi va moylarni selektiv tozalashdan olingan distillyatli 
ekstraktlar ishlatiladi. Kreking jarayonida termogazoyldan tashqari, gaz, benzin 
fraksiyasi va kreking qoldig`i olinadi. Termogazoylning asosiy sifat 
ko‘rsatgichlari quyidagilar hisoblanadi: korrelyatsiya indeksi, oltingugurt 
miqdori, fraktsion tarkibi qovushqoqligi va qotish harorati. Termogazoyl ishlab 
chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasining sxemasi 14.4 – rasmda 
keltirilgan. Xom ashyo 1 nasos orqali so‘rib olinib 20-issiqlik aralashtirgichda 
kreking qoldiq issiqligi hisobiga qizdirilib 11-rektifikatsion kolonnaga ikki 
oqimda pastki sektsiyasiga beriladi. 11 – kolonna yarim yopiq tarelka bilan ikki 
qismga bo‘lingan: bug‘lar pastki qismidan yuqori qismga o‘tadi, suyuqlik esa 
kolonnani ichidagi karmanlarda yig‘iladi. Bu yerdan suyuqlik 9-nasos 
yordamida olinib, 3 – zmeevikli pechga beriladi. Kolonnaning pastki qismidan 
xom ashyoning og‘ir qismi 10-nasos yordamida olinib 2-zmeevikli pechga 
beriladi. 2-3 zmeevikli pechdan chiqayotgan kreking mahsuloti 4-reaktsion 
kameraga va undan so‘ng 7-yuqori bosimli bug‘latgichga o‘tadi.
Bu erda aralashmadan suyuq kreking qoldiq ajratilib reduktsion klapan 
orqali 12-past bosimli bug‘latuvchi kolonnaga tushadi. 7-kolonnaning
yuqorisidan chiqayotgan gaz va bug‘lar 11-kolonnaning pastiga yuboriladi. 11-
kolonna yuqorisidan benzin va gaz fraksiyalari chiqib, 6-sovutgich 
kondensatorda sovutiladi va 5-gazoseparatorda aralashma gaz va benzinga 
ajratiladi. Gaz gazlarni fraksiyalash qurilmasiga benzin esa barqarorlashtirishga 
yuboriladi. 8-nasos yordamida benzinning bir qismi 11-kolonna yuqorisiga 
sug‘orishga beriladi. 12-kolonnada bosimning pasayishi hisobiga kreking 
qoldiqdan gazoyl fraksiyasi ajraladi. 12-kolonnada kondensatsiyalanmagan 
bug‘lar 13-kondensator sovutgichda sovutilib kondensat 14-yig‘gichda yig‘iladi. 
Bu erda kondensatning bir qismi sug‘orish maqsadida 15-nasos orqali 12-
kolonna yuqorisiga qaytariladi, balansdan tashqarisi chiqarib yuboriladi. 


185 
Kreking qoldiq 16-nasos bilan olinib 17-vakuumli kolonnaga beriladi. 
Termogazoyl 17-kolonnaning 17-tarelkasidan oraliq 
mahsulot sifatida 
chiqariladi. Kokslanishni oldini olish maqsadida kreking – qoldiq qovushqoqligi 
kam bo‘lgan mahsulot bilan aralashtiriladi. Kreking – qoldiq bitum ishlab 
chiqarishda ishlatiladi. Vakuum kolonnada termogazoylni chiqishi 72% (mass 
xom-ashyo).

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin