Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


FKK texnologik jarayoni prinstipi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

FKK texnologik jarayoni prinstipi
(14.5-rasm).
Lift-reaktor yuqoriga 
qarab 
o’zgaruvchan kengayadigan vertikal silindrik 
yuk ko’targich
bo’lib, diametri 
1,0-1,4 m, balandligi 25- 30 m va undan yuqori bo’ladi. Lift-reaktor pastki 
qismiga regeneratordan 600-650 °S haroratdagi katalizator oqimi yuboriladi. 
Katalizator oqimiga dastlab issiqlik almashinish qurilmalarida va quvurli pechda 
250-300 °S gacha isitilgan xom-ashyo purkaladi (masalan, 280-320 °S 
haroratdagi va 0,4-1,0 MPa bosimdagi suv bug`i bilan). Yuqoriga chiquvchi 
katalizator va xom-ashyo bug`i aralashmasi 
mavhum suyultirilgan oqimida 
500-


193 
520 °S haroratda 2,0-3,5 s davomida xom - ashyo o’zgarishining barcha 
reaktsiyalari 
(yuqori 
molekulyar 
uglevodorodlar 
krekingi, 
alkanlar 
izomerizatsiyasi, sikloalkanlarni arenlarga degidratlash orqali aromatizatsiyasi 
va boshq.) kechadi. Lift-reaktor ustida ancha kattaroq diametrdagi 
an’anaviy 
reaktorning o’zi
joylashadi. Reaktorda 
mavhum suyultirilgan oqimda reaktsiya 
jarayoni tugaydi, 
reaktorning separatsiyalash zonasida reaktsiya mahsulotlari 
katalizatordan ajratiladi va rektifikatsiya blokiga uzatiladi. Reaktorning 
bug`latib 
chiqarish 
sektsiyasida 
katalizatordan 
suv 
bug`i 
yordamida 
uglevodorodlar ajratiladi, va ular qiya mo’ri bo’ylab qurilmaning balandligi 80 
m, diametri 8-9 m va balandligi 15-20 m bo’lgan regeneratoriga uzatiladi. 
Regeneratorda katalizator sirtidan koks (uning miqdori 1% atrofida bo’ladi) 
yondirib chiqarilishi amalga oshiriladi. Koksning katta molekulalari seolit 
saqlagan katalizatorlarning ichki g`ovaklariga kira olmaydi. Koks yondirilishi 
shuningdek 
mavhum suyultirilgan oqimda regenerator pastki qismidagi 
taqsimlash panjarasiga 
bosim bilan havo uzatish qurilmasi
orqali yuboriladigan 
160-200 °S haroratdagi issiq havo yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Regeneratsiyalangan katalizatorda koks miqdori - 0,02-0,05 dan 0,1 mas. % 
gacha bo`ladi. 600-650 °S haroratli regeneratsiyalangan katalizator qiya mo’ri 
bo’ylab lift-reaktorning pastki qismiga yuboriladi. Shunday qilib, katalizator 5-
12 kg/kg xom-ashyo tezlikda uzluksiz sirkulyatsiyalanib, butun siklni 15-18 min 
ichida bajaradi va bu vaqt ichida u faqat bir necha sekund davomida lift-
reaktorda bo’ladi. Koks yondirilishida hosil bo’lgan 750-780 °S haroratli tutun 
gazlari katalizator zarrachalarini saqlab qoladigan 
siklonlar
orqali chiqadi, suv 
bug`ini olish uchun 
qozon-utilizatordan
, katalizator changidan mayin tozalash 
uchun 
elektrofiltrdan 
va boshqa issiqlik ishlatuvchi qurilmalaridan o’tadi.
Reaktsiyaning bug`-gaz mahsulotlari
murakkab rektifikatsion kolonnaning 
pastki qismiga o’tib, uning quyi sektsiyasida 
kaskad tarelkalarda s
uyuq 
sirkulyatsion sug`orish reaktsiya mahsulotlaridan katalizatorni yo’qotadi (“suv 
bilan yuqib chiqaradi”), va uni 500 °S dan 350-380 °S gacha sovitadi. 
Rektifikatsion kolonnaning boshqa yuqori sektsiyalari reaktsiya mahsulotlarini 


194 
gaz va suyuq fraksiyalarga: benzin fraksiyasi, og`ir va yengil gazoyllarga 
ajratadi. Katalitik kreking gazi (xom-ashyoning 16-20 mas. %) C
1
-C

uglevodorodlardan (gazning taxminan yarmi) va olefinlar - etilen, propilen, 
butilen, shuningdek etan, propan va butandan iborat bo’ladi. Odatda C
1
-C
2
uglevodorodlar deetanlashtiriladi, ajraladigan propan-propilen (PPF) va butan-
butilen (BBF) fraksiyalari esa alkillash uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi. 
Katalitik kreking gazida vodorod (3-4 mas. %) va vodorod sulfid (0,1 mas. %) 
saqlanadi. Benzin fraksiyasi C

- 195 °S (xom-ashyoning 40-50 mas. %) oktan 
soni 93-96 ga ega bo’lishi mumkin, va u tovar benzinning qimmatli komponenti 
bo’lib hisoblanadi. Setan soni 38-40 bo’lgan yengil gazoyl 195-350 °S (15-20 
%) tovar dizel mahsulotlari komponenti bo’lib xizmat qiladi. Og`ir gazoyl 350-
420 °S (5-9 %) –aromatik birikmalar kontsentrati (60-80 %) bo’lib, texnik 
uglerod ishlab chiqarish uchun yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. 420 °S dan 
yuqori qoldiqlar (xom-ashyodan 1-3 mas. %) shlam (katalizator changi) ajratib 
olinganidan so’ng qozonxona yonilg`isi uchun komponent sifatida ishlatiladi.
Xom-ashyo resurslari mavjudligidan, xom-ashyodan maksimal miqdorda 
oktan soni bir oz pasaygan bo’lsa ham benzin fraksiyasi olish boshlang`ich 
maqsadlaridan, mavjud katalizator xossalaridan bog`liq ravishda krekingda 
retsikl –
kreking mahsulotlarining bir qismining yangi xom-ashyo bilan 
aralashmada retsirkulyatsiyasi jarayoni ishlatiladi yoki ishlatilmaydi. Retsikl 
sifatida, masalan, toza xom-ashyoga 10-25 % miqdorda og`ir va kam holatlarda 
yengil gazoyllar, shuningdek qoldiq – katalizator saqlagan shlam ishlatilishi 
mumkin (birinchi avlod katalizatorlarida restikl karraligi 50-150% ni tashkil 
qilardi). Zamonaviy katalizatorlarda benzin frakstiyasi 78 hajm. % gacha 
chiqishida xom-ashyoning reaktordan birinchi marotaba o’tganda o’zgarishi 
chuqurligi (darajasi) yuqori (70- 80 hajm. %) bo’lishi mumkin (“nazariy” 
chegara 85% ni tashkil qiladi), shuning uchun ko’p hollarda toza xom-ashyoni 
retsiklsiz krekingi amalga oshiriladi. FKK qurilmalarining xom-ashyo bo’yicha 
unumdorligi keng diapazonlarda o’zgaradi (0,3-0,9 dan 2,5 va hatto 4-5 mln t/yil 


195 
gacha). 10-18 m balandlikda reaktorlar diametri 4-14 m, 12-30 m balandlikda 
esa regeneratorlar diametri 6-18 m. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin