Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Katalitik kreking reaktor bloklari rivojlanishi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Katalitik kreking reaktor bloklari rivojlanishi
. Neftni qayta ishlash 
zavodlarida o’lchamlari va jihozlari murakkabligi bo’yicha reaktor-regenerator 
bloklari eng katta hisoblanadi. Reaktor va regenerator tashqi ko’rinishiga 
katalizatorlar mukamallashib borishi ta’siri tarixi katalitik kreking qurilmalari 
rivojlanishi misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jarayon sanoat miqyosida AQSh 
da 1936 yildan beri mavjud, Rossiyada mahalliy ishlanmalar 1945 yilda Grozniy 
shahrida GrozITI loyihasi bo’yicha qo’yilgan. Birinchi sanoat jarayonida 
(“Houdry”, 1936 y.) katalizatorning 
qo’zg`almas oqimi 
joylashgan reaktor 
ishlatildi. Ketma-ket ulangan uchta reaktorlarda navbat bilan reaktsiya va 
regeneratsiya o’tkazildi. Reaktorlarni o’tkazish va siqilgan havo bilan tozalash 
murakkabligi jarayonni ancha qimmatli qilardi, biroq aynan shu jarayon kerosin 
va neftning boshqa og`ir fraksiyalarini yuqori oktanli benzin fraksiyalariga 
o’zgartirish davrini ochib berdi. Katalitik kreking yuqori oktanli benzin 
komponentlarini ishlab chiqarish raqobatida termik krekingni siqib chiqarishni 
boshladi, va bu raqobat hali ham davom etmoqda. 1941 yilda AQSh da yangi 
jarayon “Thermofor” (TSS) ishga tushirilib, unda regeneratsiyalangan 
katalizatorni yuqori balandlikka bunkerga ko’tarish uchun 
mexanik
elevator- 
yukko’targich ishlatilib, keyin bunkerdan regeneratsiyalangan katalizatorning 
o’zi og`irlik kuchi ta’sirida reaktorga va keyinchalik quyi joylashgan 
regeneratorga harakatlandi. 1945 yilda Rossiyaning 43-1 turidagi qurilmasida 
ilk 
marotaba sharikli 
(2-6 mm) amorf alyumosilikatli
katalizatorni 
yuqori 
bunkerlarga 
pnevmatik tashish qurilmasi 
qo’llanilgan bo’lib, u yerdan 
katalizator qiya mo’rilar bo’ylab reaktorga va yonida joylashgan regeneratorga 
harakatlanardi. TSS qurilmalarida faqatgina 1952 yilda mexanik elevator havo 
oqimi bilan katalizator pnevmatik yuk tashuvchisiga – erliftga almashtirildi. 
“Houdriflow” qurilmasida 1951 yilda shuningdek tutun gazlari oqimi bilan 
pnevmo-yuk ko’targichda harakatlanadigan amorf sharikli katalizator qalin 
qatlami ishlatildi: reaktor regenerator ustida joylashgan edi. 


196 
Ikkinchi Jahon urushigacha AQSh da 
flyuid- 
jarayon–reaktor va 
regeneratorda 
mavhum suyultirilgan 
katlizatorli va ko’targich mo’rilarida 
katalizator pnevmotransportiga ega jarayonlar bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. 
Alyumosilikat katalizatori pudra yoki mikrosferik zarrachalar ko’rinishida 
tayyorlangan edi. “Esso Research and Engineering” (1945 y.) firmasining I 
modelining birinchi flyuid-jarayonida katalizator reaktor va regeneratordan 
pastdan yuqoriga qarab (Upflow) o’tardi, keyinchalik siklonlarda tashuvchi 
gazdan ajratilardi, bunkerga kelib tushardi va u erdan yana jarayonga uzatilardi.
Bir oz keyinroq “Esso” firmasi model II (Downflow) ni joriy qilib, bu erda 
regenerator reaktordan yuqorida joylashgan edi. Reaktor va regeneratorda 
tashuvchi bug` yoki gaz tezligi ancha past bo’lgan, shu sababli katalizatorning 
bir qismi qalin faza – 
mavhum suyultirilgan qatlam 
ko’rinishida taqsimlovchi 
panjara ustida “qaynardi”, katalizatorning ikkinchi qismi esa “suyultirilgan” 
faza ko’rinishida (undagi katalizator miqdori yuqori emas) qalin 
qaynayotgan 
qatlam 
ustida joylashgan edi. Qalin faza shu darajada 
flyuidlashgan
ediki, u 
taqsimlovchi panjaralar ustida 
tekis taqsimlanishi
, katalizator va xom-ashyo 
(yoki regeneratordagi issiq havo) hajmida 
aralashishi
, sirkulyatsion mo’rilar 
bo’ylab regenerator va reaktor 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin