Ne’matova mohina g’ayrat qizining


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 67,88 Kb.
səhifə4/13
tarix21.12.2022
ölçüsü67,88 Kb.
#121575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nèmatova Mohina

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri - o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko’rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda o’quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo’ladigan munosabatilarni tahlil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o’quvchilar jamoasini shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o’qishda o’quvchilarning o’zaro ga qanday munosabatda ekanliklarini, o’zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-biriga sidqidildan yordam berish yoki bermasligini kuzatadi va kerakli tadbirlarni qo’llaydi.
Maktab o’quvchilarining bilimga qiziqishi ularning hayotiy ehtiyojlariga bevosita bog’liqdir. Maktab hovlisidagi bog’, tokzor, issiqxonada o’tkaziladigan amaliy jarayon - daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt o’tqazish, issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantirish va o’stirishda sinflarni, o’quv xonalarini va maktab binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarda bu jarayon turli qarashlar, did, dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg’otadi, tegishli ma’lum sohalarga havas uyg’otadi. Shuningdek, tadbirlar yoki sayohatlar orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni tarbiyalash mumkin.
Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang’ich sinf o’qituvchisining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi.
O’qituvchining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasida o’quv mehnatiga ongli munosabatda bo’lishlik ta’limning ijtimoiy, o’qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir.
Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo’lgan, noma’lum narsa va hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo’r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi.
O’zlashtirishning past bo’lishi, aksariyat hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko’nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o’qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog’liq:

  1. Faoliyatni reja asosiga qurish.

  2. Qunt bilan ishlash.

  3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish.

  4. Bilim sifatini oshirish.

  5. Qiyinchiliklarni yengish.

  6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini o’quvchining dam olishi bilan to’g’ri almashtirib borilishidir.

  7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.

  8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.I

Sinf o’qituvchisining asosiy vazifasi har bir o’quvchini mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash, uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda qo’llash kabi zarur sifatlarni shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarni o’quv mehnatida muayyan rejaga itoat etishga o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirish sifatini os hirish mumkin.

Yüklə 67,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin