Manba: Nasimxon Raxmonov “O`zbek adabiyoti tarixi” 2017. 471-bet
14 Gadoiyning qasidasi kimga bag’ishlangan?
J: Xalil Sultonga
Manba: Nasimxon Raxmonov “O`zbek adabiyoti tarixi” 2017. 471-bet
15. Vaysiy taxallusining ma’nosi nima?
J :Xo‘rlangan
MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 200- bet.
16. Uvaysiy vafotiga uning talabalaridan kim g‘azal -marsiya yozgan edi?
J : Ojiza
MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 201- bet.
17. Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida nechta xalq maqollari va hikmatli so‘zlarini badiiy vosita sifatida qo‘llaydi?
J:400 ta
Manba: N.Jumaxo‘ja, I.Adizova. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Noshir” 2019.274-bet
18. V.V.Bortold qaysi shoir haqida “ XV asrda temuriylar davrida Xuroson va Mavaraunnahr kabi ikki o‘lka turkiy tildagi adabiy harakatchilikning markaziga aylangan davrda ijod qilgan” deya ta’rif bergan edi?
J:Gadoiy haqida.
Manba:Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2017-yil. 465-bet
19 ."Tòrt ulus tarixi" asarining 7 bobi nima haqda?
J.Chiģatoy ulusining Chingizxondan boshlab Temuriylar davlat tepasiga kelguniga qadar .
Manba: N. Rahmonov "O‘zbek adabiyoti tarixi"
20. “Kimning ishqi bo`lmasa, uning biron maqsadi bo`larmidi, bir jononni sevmasa undan nima murod bo`lardi” fikrlari kimga tegishli?
J: Xo`jandiy
Manba: Nasimxon Raxmonov “O`zbek adabiyoti tarixi” 2017. 356-bet
21. Ibn Sino Xorazm hukmdorlar saroyida qanday nomga musharraf bo‘ladi?
J: “tabiblar begi”
Manba:N.Rahmonov.O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Toshkent”2017.133-bet
22. Kim eronliklarning yil hisobi qanchalik aniqligini dalillash uchun ilk insonning paydo bo‘lishiga oid afsonalarni keltiradi?
J:Abu Rayhon Beruniy
Dostları ilə paylaş: |