J: “Zulfi ishq” MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 122- bet. 14 Huvaydoning diniy- axloqiy yo‘nalishdagi dostoni qaysi?
J: “Ibrohim Adham” MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 124- bet. 15. 1998-yil nashr qilingan uch jildlik “Tazkirayi Qayumiy ” asari muallifi kim edi?
J: Po‘latjon Qayumov MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 214- bet.
16. Qaysi adabiyotshunos Atoiy devonini to’liq va mukammal holda nashrga tayyorlagan?
J: Sayfiddin Sayfulloh (Rafiddinov) . Manba:Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2017-yil. 485-bet 17. Lutfiy qaysi g’azalini 99 yoshida yoza boshlagan edi?
J: “Uftad” radifli g’azalini Manba:Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2017-yil. 454-bet 18. Navoiyning “ Bu harfda turk shuarosining malik ul kalomlari she’r aytmayturlar, balki ayta olmaydurlar.” -deya ta’kidlanayotgan “se” harfiga g’azal bitilgan ijodkor kim edi?
J: Husayniy. Manba:Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2017-yil. 497-bet 19. “Zarbulmasal”ning hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng qadimiy qo‘lyozmasi nechanchi yilda ko‘chirilgan?
J:1855-yilda Manba: N.Jumaxo‘ja, I.Adizova. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Noshir” 2019.274-bet 20. “Zarbulmasal” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
J: “masal urmoq”, “masal orttirmoq” Manba: N.Jumaxo‘ja, I.Adizova. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Noshir” 2019.274-bet 21.Gulxaniyning o‘zi ta’kidlaganidek “Zarbulmasal”da qaysi asarlarning ta’sirini sezish mumkin?
J: “Kalila va Dimna”, “Silsilat uz-zahob” Manba: N.Jumaxo‘ja, I.Adizova. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Noshir” 2019.275-bet 22.Qaysi tarixchi olim arab, eron, xorazm va boshqa sharq xalqlarining yil hisobini tadqiq etadi?