Manba: Nasimxon Raxmonov “O`zbek adabiyoti tarixi” 2017. 354-bet 12. Gadoiy g’azallarining aksariyati necha baytdan iborat bo`lgan?
J: 5 va 7 bayt Manba: Nasimxon Raxmonov “O`zbek adabiyoti tarixi” 2017. 466-bet 13. “G’uncha ko‘p og’zini ochqach bog‘da qo‘ymay uzdilar,
Og’zini ochmasligida bildi bog’bon qadrini” bayt muallifi kim?
J: Xo‘janazar Huvaydo MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 119- bet. 14. Huvaydoning qaysi g’azali monolog -g’azal hisoblanadi?
J: “O‘zum” radifli g’azali MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 119- bet. 15. 1993-yil chop qilingan Nodira g‘azallari majmuasi qanday nom ostida chop qilingan edi?
J: “Ey, sarvi ravon” MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 213- bet. 16. Qaysi adabiyotshunos Nodiraning asl ismi Mohlaroyim emas, balki Komila deb fikr bildirgan edi?
J: Po‘latjon Qayumov MANBA: R.Orzibekov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 214- bet. 17. “ Yuzing to pardadin zohir bo‘lubdur, Sanamlar husn da’vosin qo‘yibdur” Xalq qo‘shiqlari ohangida yozilgan ushbu matla bilan boshlanuvchi g’azal muallifi kim?
J: Atoiy. Manba:Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2017-yil. 487-bet 18. Husayn Boyqaro Navoiyga bag’ishlab qaysi asarini yozgan edi?
J: “Risola”. Manba: Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2017-yil. 497-bet 19.Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari kimning taklifi bilan yozilgan?
J:Amir Umarxon Manba: N.Jumaxo‘ja, I.Adizova. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Noshir” 2019.274-bet 20. “Zarbulmasal”ning necha qo‘lyozma va necha bosma nusxalari bor?
J: 6 ta qo‘lyozma va 10 dan ortiq bosma Manba: N.Jumaxo‘ja, I.Adizova. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “Noshir” 2019.274-bet 21.Ibn Sinoning qaysi asari o‘z davridagi tibbiyot ilmining nazariy va amaliy masalalarini bir tizimga solgan tibbiy qomus hisoblanadi?