Nizmoiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti 304-guruh talabasi Sherboboyeva Lolaning O‘zbek tilini sohada qo’llash fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu



Yüklə 35 Kb.
tarix22.12.2022
ölçüsü35 Kb.
#121626
1 Respublikamizga o’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini(1)


Nizmoiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti 304-guruh talabasi Sherboboyeva Lolaning O‘zbek tilini sohada qo’llash fanidan tayyorlagan


Mustaqil ishi

Mavzu: Respublikamizga o’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar to’g’risida.

Tekshirdi:Ma’rofova Z.


Bajardi: Sherboboyeva L.

Toshkent - 2022


Respublikamizga o’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar to’g’risida.
Reja:

  1. O’zbek tili O”zbekiston Respublikasining Davlat Tilidir.

  2. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli.

3.Yangi o’zbek alifbosi.

Tayanch tushunchalar.


Mustaqillik sharofati bilan o’xbek tili – davlat e’tibor kuchaygi, ona tilimizning 1989 yil 21 oktabrda O’zbekiston Oliy kengashining XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining”Davlat tili haqida”giQonuni qabul qilindi. Bu qonun mustaqillikkaarafasida turgan davlatimiz hayotida unutilmas voqea bo’lib tarixga kirdi.1990 yil 19 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kengashining 101-sonli qarori bilan ushbu qonunni amalga oshirish bo’yicha davlat dasturi tasdiqlandi. Shu boisdan davlat dasturida ”Davlat tili haqida”giQonuni qabul etilgan kun “Ona tili kuni” deb e’lon qilindi/ (1-qism, 7-modda).Ushbu davlat tili haqidagi qonunning asl mohiyati:
1. Qonun 30moddadan iborat bo’lib, avval o’zbek tilining qadr-qimmatini, huquqini, o’rnini tiklaydi.Qonunning 1-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili- o’zbek tilidir” deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga O’zbekiston o’zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qilinishini ta’minlaydi, deb uqtiriladi (1-modda).
2. O’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulkidir va shu boisdan uning ravnaqi, qo’llanishi va muhofazasini ta’minlashga oid barcha masalalar O’zbekiston Respublikasining huquqiy doirasiga kirishi ijtimoiy mavqei kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida g’amxo’rlik qilinib,bir qancha qarorlar qabul qilindi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida.
Dastavval shuni aytish kerakki, o’zbek tilini XV asrda davlat tili darajasiga ko’yarish, uni ravnaq toptirish uchun buyuk bobokalonimiz hazrati Mir alisher Navoiy ko’p kuch sarf qildi. U o’zining “Xamsa”,“Xazoin ul-maoniy”,“Muhokamatullug’atayn” kabi qator o’lmas asarlarini shu tilde yaratdi. Sulton Husayn homiylik qilib, A. Navoiyning busohadagi ishlarni qo’llab-quvvatlagan hamda mahsus farmon bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi.O’tgan besh asrdan ko’proq davrda o’zbek tilining ahamiyati kamaygani yo’q. ammo yetmish yillik mustabid tuzumining siyosati sababli o’zbek tilining ish ko’rish doirasi chegaralanib qoldi va ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimizning doim mustaqil bo’lish, erkin yashash yo’lida kurashib keldi va Cho’pon, Fitrat, A.Qodiriy, A. Avloniy,G’. G’ulom,Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar adabiy tilimizning ravnaqi yo’lida tinmay ijod qildilar. Bu kurashlar samarasiz ketmadi. (2-modda).3. O’zbekiston Respublikasiningbarcha korxona, muassasa, tashkilotlarida ish respublika davlat tilida olib oriladi ( 7-modda), bu esa xalqimiz uchun yengilliklar yaratadi.4. O’zbekiston Respublikasining hunar-texnika, o’rta maxsusu va oily o’quv yurtlarida ular qatsi mahkamada bo’lishiga qaramay, respublika davlat tilida o’qitiladi (14-modda).5. Respublika miqyosidagi eng yirik anjumanlardan kichik yig’ilishlargachadavlat tilida olib boriladi (5-modda) deb ko’rsatilishi o’zbek tilining salohiyatini yanada oshiradi.1995-yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasining”Davlat tili haqida”giQonuning yangi tahriri ishlab chiqildi va amalda qo’llash uchun joriy etildi.Yangi tahrirdagi Qonun 24 bobdan iborat bo’lib, unga mustaqillik ruhi bilan sug’orilgan bir qancha o’zgarishlar kiritildi.Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tili davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida g’amxo’rlik qilib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.1993 yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi vatanimizning ma’naviy- madaniy hayotida jahonshumul ahamiyati kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24- avgustda tasdiqlandi. Davr taqozosi bilan ”Davlat tili haqida”giQonunga ham ayrim o’zgarishlar kiritildi va 1995 yilning 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda”Davlat tili haqida”giQonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo’lib, uning 1-moddasida asosiy bo’lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozib qo’yilgan. Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amho’rlik qilish, uning is’temol doirasini kengaytirish davlatimiz fuqorolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh va o’quvchi o’z ona tilidagiso’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikrqurolidir, kishi qanchalik ko’p so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.1993 yil 2-sentabrdabo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qaror qabul qildi. 1995 yil 6-7 mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o’zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagiO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidentiimzo chekdi.1996-1997 o’quv yilidan maktabning 1-sinfi yangi alifboni o’rgana boshladi. Yangi o’zbek alifbosiga o’tish 2005 yil 1-sentabrda tugallanishi ko’rsatilgan. Keyinchalik bu 2010-tilgacha uzaytirildi. O’zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o’zbek tilining nozik xususiyatini to’laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo’yildi. Alifbo. Nutq tovushi til uchun moddiy baza sanaladi. Chunki inson tili tovush tilidir. Tildagi so’z, ibora, gap, umuman, nutq ana shu tovushi esa tovush paychasining tebranishidan hosil bo’ladi. Nutq tovushi-ijtimoiy hodisa. U faqat insoniyatga xos. Biz fikrimizni nutq tovushi yordamida bayon qilamiz.Nutq yozma ravishda ham bayonqilinadi. Bu vaqtda yozma nutq harf ketma-ketligidan tashkil topadi.Yozma nutqni shakllantiruvchi, boshqa bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik grafik belgi harf hisoblanadi.Harf nutq tovushining yozuvdagi aksi, tasviri. Shuning uchun har bir tilde shu tilning tovushiga qarab olinadi. Bir tovushga bir harfni to’g’ri keltirishga harakat qilinadi.Harfni xotirada yaxshi saqlash va lug’at tuzishda ma’lum izchillikka amal qilish maqsadida u muayyan tartibda joylashtiriladi. Muayyantartibda joylashtirilgan harf tizimi alifbo deyiladi. So’z alifbo tartibda joylashtirish amaliy ahamiyatga ega, jumladan, lug’at, kutubxona kartotekasi, kishi familiyasi ro’yxatini tuzishda zarur.
Lotin grafikasiga asoslangan yangi o’zbek alifbosi quyidagi harfni o’z ichiga oladi: a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, o, p, q, r, s, t, u ,v, x, y, z, o’,g’, sh, ch, ng. Har bir unli tovush alohida-alohida harf orqali ifodalanadi. Undoshda bir tovushni ikki harf orqali ifodalash ham uchraydi:sh,ch,ngkabi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 2-sentabrda tasdiqlanganLotin yozuviga asoslangan yangio’zbek alifbosida 29 harf va bir belgi (tutuq) bor.

Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23

Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996

  1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.

  2. Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2

  3. Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986

  4. www.ziyonet.uz

Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin