1.Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.
2.Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
3.Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo’llari.
4.Stress va uni boshqarish.
Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.
Nizo - bu ikkita yoki ko’proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar va guruhlar o’rtasidagi haqiqiy kurashdir, bunda har bir tomon o’zining nuqtai nazari yoki maqsadi qabul qilishiga va boshqa tomonni ushbu narsani qilishiga halaqit berishga harakat qiladi.
U har xil shakllarda bo’lishi mumkin. Uning eng keng tarqalgan shakllaridan biri bu rolli nizolar, bunda bir kishi oldiga uning ishi natijalari qanday bo’lishi sababidan ziddiyatli talablar qo’yiladi. Masalan, bevosita boshliq – bo’lim mudiri tovarshunosga poyafzal sifatini tekshirishni jadallashtirish topshirig’ini beradi, sifat bo’yicha rahbar esa poyafzal sifatini tekshirishni texnologik jarayonni sekinlashtirish yo’li bilan yaxshilashni talab qiladi. Nizo yakka hukmronlikni buzilishi va qo’l ostidagi shaxs oldiga ziddiyatli talablar qo’yilishi tufayli vujudga keladi.
Bir qator hollarda yakka shaxsning ichida sodir bo’layotgan shaxs ichidagi nizo uni maqsadlari yoki qarashlarining nizosi bo’ladi. U yakka shaxs o’zaro bir birlarini istisno qiluvchi maqsadlarni tanlagan yoki ularga erishishga harakat qilayotgan holda maqsadlarning nizosiga aylanadi. Yakka shaxs o’zining fikrlari, qadriyatlari va umuman hulqining qoniqarsizligining tan olgan vaqtda u fikrlarning nizosi bo’ladi.
Shaxslararo nizo (eng keng tarqalgan)
Rahbarlarga ko’pincha jamoa manfaatlarini himoya qilishga to’g’ri keladi (uskunalardan foydalanish vaqtini taqsimlash va h. k.). Bunda har bir kishi yuqori rahbariyatni ushbu resurslarni xuddi unga ajratishga ko’ndirishi kerak. Yana ikkita mutaxassislarni o’z loyihalarini amalga oshirilishi uchun to’qnashuvi bo’lishi mumkin. Bitta bo’sh o’rin (lavozim)ga ikkita nomzodlar o’rtasida, hamda xarakter, qarashlar va qadriyailarning har xil alomatlariga ega alohida shaxslar o’rtasida ham nizo bo’lishi mumkin.