Norasmiy guruhlar hulqning me’yorini belgilaydilar. Har bir kishi bu guruhga qabul qilinishi uchun ularga rioya qilishi kerak. Ammo agar guruhning tilaklari alohida shaxsning tilaklariga nisbatan ziddiyatda bo’lsa, bu holda nizo kelib chiqadi.
Nizo lavozimli vaziyatlar zaminidan ham vujudga kelishi mumkin. Rahbar intizom choralarini qo’llashga majbur bo’ladi, ular qo’l ostidagilarda ommabop bo’lmasliklari mumkin. Bu vaqtda guruh javob zarbasini berishi rahbarga nisbatan munosabatni o’zgartirishi mumkin.
Guruhlararo nizo
Guruhlararo nizo, ya’ni guruhlar (rasmiy va norasmiy) o’rtasidagi , hamda kasaba uyushmalari va ma’muriyat o’rtasidagi. Xizmat guruhlari ko’pincha maqsadlardagi farqlar tufayli bir birlari bilan nizolashadilar. Masalan, xaridorga sotish bo’limida hamma vaqt ham byurtmalarni bajarish uchun ko’proq tovar zaxiralari bo’lishi kerak, bu o’z navbatida, xarajatlarni ko’payishiga olib keladi va buning oqibatida, u moliyaviy va boshqa bo’limlarning manfaatlariga zid bo’ladi.
Menejerlar muhitidagi nizolarning turlari
Boshqaruvning har xil darajasidagi menejerlar o’rtasidagi;
Menejerlar va korxonaga bosim o’tkazuvchi guruhlar o’rtasidagi;
Ham alohida shaxslar va ham menejmentning har xil g’oyalarning manbalari katta va kichik yoshdagi boshqaruvchilar vakillari bo’lgan menejerlar o’rtasidagi;
Menejerlar va jamiyatdagi har xil tashkilotlar (kasaba uyushmalari, birlashmalar, matbuot guruhlari, lobbistlar va h k.) o’rtasidagi.
Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
Quyidagilar nizolarning asosiy sabablari bo’ladi:
1. Hamma vaqt cheklangan bo’lgan resurslarni xodimlar yoki bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishi. Rahbariyat materiallar, odam resurslari va moliyaviy mablag’larni har xil guruhlar o’rtasida shunday taqsimlashga harakat qiladiki, u tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga yordam bersin. Bunda har bir guruh kamroq emas, balki ko’proq olishni istaydi, natijada nizo vujudga keladi.
2. Vazifalarning o’zaro bog’likligi. U bir odam yoki guruh vazifani bajarishda boshqa odam yoki guruhga bog’lik bo’lgan barcha yerda mavjud bo’ladi.
3.Maqsadlardagi farqlar. Korxona borgan sari ixtisoslashayotgan bo’linmalarga bo’lingan vaqtda nizoli vaziyatlar vujudga keladilar. Ular o’z maqsadlarini o’zlari shakllantiradilar va ularga erishishga, butun tashkilot maqsadlariga erishishga qaraganda ko’proq e’tibor qaratishlari mumkin.