Nizo va stresslarni boshqarish


Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga quyidagilar kiradi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#140674
1   2   3   4   5   6
Nizo va stressni boshqarish

Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga quyidagilar kiradi:

  • bosh tortish usuli. Rahbar ziddiyatlarni vujudga kelishiga qutqu soluvchi nizoli vaziyatlarga tushib qolmaslik, oqibati kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi masalalarni muhokama qilishga kirishmaslikka harakat qiladi;
  • silliqlash usuli. Rahbar hamkorlikka ehtiyojga murojaat qilib, nizoli vaziyatdan qochishga harakat qiladi. Afsuski, bu usulda ko’pincha nizoning asosida yotgan muammo esdan chiqariladi, u esa qoladi. Tuyg’u namoyon bo’lmaydi, ammo yig’ila boradi. Piravordida portlash sodir bo’lishi ehtimoli o’sadi;
  • ishontirish usuli;
  • majbur qilish usuli. rahbar o’z nuqtai nazarini qabul qilinishiga majbur qilish uchun hukmronlikdan foydalanadi

Quyidagilar ushbu usulning kamchiliklari bo’ladilar:

  • Qo’l ostidagilarning tashabbusini bo’g’ish, faqat bitta nuqtai nazar taqdim etilganligi sababli barcha muhim omillar ham hisobga olinmasliklari ehtimoli vujudga keladi;
  • murosaga kelish usuli, ya’ni boshqa nuqtai nazarni qabul qilinishi. Ushbu usul boshqaruv vaziyatlarida yuqori baholanadi, chunki yomon niyatlilikni kamaytiradi va nizoni tez hal qilish imkoniyatini beradi. Ammo muhim muammoni hal qilish munosabati bilan vujudga kelgan nizoning boshlang’ich bosqichida murosadan foydalanish, mukobillarni qidirib topishga halaqit berishi mumkin.
  • muammoni hal qilish usuli. Bu usuldan foydalanayotgan rahbar nizoli vaziyatni hal qilishning eng yaxshi variantini topishga harakat qiladi. Tadqiqotlar nizoli vaziyatlarni boshqarishga ushbu yondoshuvning yuqori samaradorligini tasdiqlaganlar

Nizolarni hal qilishning usullari va vositalari har xil bo’lishi mumkin.

  • shaxsiy (shaxsli yondoshuv);
  • rasmiy (ishlab chiqilgan yo’riqnomalar, qoidalar asosida);
  • ijtimoiy (guruhlarning ijtimoiy holatini hisobga olish bilan);
  • yuridik (qonun doirasidagi harakatlar).
  • Shunday qilib, mehnat jamoalaridagi nizoli vaziyatlarni boshqarsa bo’ladi. Ularni bartaraf qilishda rahbarlar, menejerlarga katta rol tegishlidir.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin