Nizomiy nomidagi tdpu boshlang`ich ta’lim fakulteti nizomiy nomidagi tdpu



Yüklə 27,37 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü27,37 Kb.
#140826
  1   2   3   4   5
Nizomiy nomidagi tdpu boshlang`ich ta’lim fakulteti-azkurs.org


Nizomiy nomidagi tdpu boshlang`ich ta’lim fakulteti

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU


BOSHLANG`ICH TA’LIM FAKULTETI
106 GURUH SIRTQI BO’LIM TALABASI
QODIROVA ZIYODANING
TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU:Mustaqil ta'limning maqsadi, vazifasi.Mustaqil ta'lim turlari.
BAJARDI: QODIROVA ZIYODA
TEKSHIRDI:
Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi.Mustaqil ta’lim turlari.
REJA:

  • Mustaqil ta’limning maqsadi;

  • Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni;

  • Mustaqil ta’lim turlari.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan soha bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimini va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, fanga ijobiy yondoshadigan holda muammoli vazifalarni to‘g‘ri aniqlab, tahlili qilib, aroitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.


Ma’lumki axborot kommunikatsiya tarmoqlari va bilimlar doirasi tez suratlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars jarayonida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasa bilimni chuqur o‘zlashtirishi mumkin.
Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil ta’lim jarayonida shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Talabalarni mustaqil ishini bajarishini tashkil etish, nazorat qilish va uni baholash tartibi ishlab chiqilgan. Mustaqil ishni tashkil etishdan maqsad talabalarning mavzularni chuqurrorq o‘rganishi, bilimlari va malakasini mustahkamlashni ta’minlash.
Mustaqil ish muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismi bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyada yoki auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatmada talaba mustaqil ishini bajarish yuzasidan kafedra tomonidan savol va topshiriqlar hamda ularni bajarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqiladi.
Mustaqil ish topshiriqlari muvoffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
-maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va h.k.) aniq asoslanishi;
-vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

  • topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarniing yetarli darajada xabardor bo‘lishi;

  • maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshirqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.);
    -nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish ( amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun) maxsus ajratilgan vaqt;
    -ma’ruza, referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, vaziyatli masala, keyslar to‘plami , nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, test, maqola, prezentatsiya, mavzuga oid videoroliklar, nostandart topshiriqlar, maqola, ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar, savol-javoblar, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish.

Fan bo‘yicha talabalarni mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va uni baholash O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgust 286 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma” va Toshkent farmatsevtika instituti o‘quv – uslubiy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan “Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha usulubiy ko‘rsatmaning strukturasi bo‘yicha Yo‘riqnoma” larga belgilangan tartib va qoidalar asosida yuritish lozim.


Mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarning shiddati ta’lim-tarbiya sohasini ham o‘z oqimiga olib, uni “harakatlanishga”, sohada yangidan yangi izlanishlar va tadqiqotlarni amalga oshirishga undamoqda. Vatanimiz kelajagi porloq bo‘lib, bayrog‘i jahon arenalarining eng yuqorisida hilpirashi uchun xalqning kelajak avlodi zamonaviy ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalanishi va ta’lim olishi lozim. Ularning ta’lim-tarbiyasi yetuk bo‘lishida esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘rni yuksakdir. Butun dunyoda o‘z hamkasblaridan ortda qolmaydigan, intellektual salohiyatli kadrni yetishtirish dolzarb masala hisoblanadi. Demak, yurt kelajagining rivoji uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashning muhimligi dalil kelitirlishi shart bo‘lmagan qoidadir. XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida katta yangiliklar qilindi va hali ham davom etmoqda.
Shunga e’tibor berish kerakki, oliy ta’lim professor-o‘qituvchisining topshirgan vazifasi bilan kifoyalanish talabaning har tomonlama yetuk bo‘lishni to‘liq kafolatlay olmaydi. Xulosa, talabaning mustaqil ta’lim olishiga zarurat tug‘iladi.
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqori malakali, raqobatdosh mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda bu faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda professionallik layoqati (kompetentligi)ni tarbiyalash, talabalarning modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Mustaqil ta’limnitashkil etishning shakli va mazmuni:
Hozirgi vaqtda insonning ilmiy-amaliy tayyorgarlik saviyasi, tafakkur darajasi, intellektual salohiyati, og‘zaki nutqi, savodxonlik darajasiga jiddiy e’tibor qaratilayotgan bir paytda talabaga uy vazifasi berish va undan ijobiy natija kutish hamisha ham samara beravermaydi, kuchsizroq talaba uchun hatto bu zararli bo‘lishi ham mumkin. Ta’lim oluvchida yetarli bilim zaxirasini paydo qilmay turib, ularni yaratishga undasak, yo hech nima chiqmaydi, yoki topshiriqlar nari-beri “uddalanadi”.

Yüklə 27,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin