Nizomiy nomidagi tdpu boshlang`ich ta’lim fakulteti-azkurs.org
Mustaqil ta’limni turlariga quyidagilar kiradi: -ayrim mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish; -berilgan mavzu bо‘yicha referat tayyorlash; -amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarga tayyorgarlik kо‘rish; -labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik kо‘rish; -kurs ishlarini bajarish; s -nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash; -mavzu yoki ma’lum bir bob bо‘yicha taxliliy ma’lumotlar asosida xulosalar qilish va ilmiy maqola tayyorlash; -anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashish;
-bitiruv malakaviy ishini tayyorlash; -magistrlik dissertasiyasini tayyorlash; -fanlar bо‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni bajarish; -mavzular bо‘yicha slaydlar, prezentasiyalar tayyorlash.
О‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanish mumkin.
2.2. О‘qitiladigan fanlar bо‘yicha ishchi о‘quv dasturlarida talabalar mustaqil ishining mazmuni, mohiyati, shakli va hajmi xamda manbalari kо‘rsatiladi.
Talaba mustaqil ishi uchun о‘quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda xar bir fan bо‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va fakultet о‘quv-uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun xar bir fan bо‘yicha talabalarga kо‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi xamda tarqatma material sifatida fan bо‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga yetkaziladi.
Mustaqil ta’limning asosiy vazifalariga: Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; Ijodiy faoliyatga qiziqishni shakllantirish; Ta’lim olish usullarini egallash; Tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; Mustaqil xulosalar chiqarish kо‘nikmalarini shakllantirish kiradi. Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uchun: Talabalar mustaqil ishining barcha shakllarini tashkil qilishga tizimli yondashish; Talabalar mustaqil ishining barcha bosqichlari (turlari)ni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; Talabalar mustaqil ishining bajarilishi sifati ustidan qat’iy nazorat о‘rnatish; Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish maqsadga muvofiq.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish har bir kafedrada tuziladigan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishi bо‘yicha maslahat soatlari mustaqil ta’lim uchun yо‘lga qо‘yilgan jurnallarda qayd etib boriladi. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish bevosita fan bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishi reyting ballari bilan (fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatiga nisbatan) baholanadi va natijasi fan bо‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.
Mustaqil ta’limni amalga oshirish bо‘yicha fan о‘qituvchisining vazifalariMustaqil ish dasturiga muvofiq talabaga mustaqil ta’limga tegishli materiallarni tо‘plash jumladan: Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish; Darsliklar, о‘quv qо‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bо‘yicha topshiriqlar berish; Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bо‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish; Mustaqil ishiga о‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida maslahatlar о‘tkazish; Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari tо‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish; Mustaqil ish natijalarini baholash.
Talaba mustaqil ishini baxolash tartibi 1.Talabalar mustaqil ishini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. 2.Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga о‘quv yili semestri boshlanishidan oldin har bir fan professor-о‘qituvchisi tomonidan talabalarga о‘quv-uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. 3.Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har о‘quv yilida kamida 2-marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi. 4.Talabalarning mustaqil ishi xar bir kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi. 5.Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada fan о‘qituvchisi tomonidan rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi. 6.Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi. 7.Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari fakultetlarning Web saxifalarida e’lon qilinib boriladi.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan xozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.Tajribalar shuni kо‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ul-lanmasa va о‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur о‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, kо‘nikma va malakalari mustqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat kо‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bо‘ladi.
Shuiing uchun talabalarning mustaqil talim olishlarini rejalash-tirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni о‘qitish bilan bir qatorda ularni kо‘prok о‘qishga о‘rgatish, bilim olish yо‘llarini kо‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yо‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan о‘quv dasturida belgilangan bilim, kо‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan о‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoridan tashqarida о‘zlashtirilishiga yо‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
О‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMI ni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘lik. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarning ta’limning navbatdagi turi oliy ta’lim talablariga kо‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida о‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, konspektlashtirish, о‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, о‘z vaktlarini tо‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bо‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bо‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-о‘qituvchi dastlab talabadan о‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni tо‘g‘ri tashkil qilishga о‘rgatib borishi lozim bо‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil о‘zlash-tiriladigan bilim va kо‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga kо‘nika boshlangan talaba faqat о‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, о‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, о‘zi zarur deb hisoblangan qо‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab о‘zlash-tirishga о‘rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda qо‘yidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: о‘qish bosqichi;
muayyan fanning о‘ziga xos xususiyati va о‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
-fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga kо‘nikmalar hosil bо‘lishiga muvofik ravishda о‘zgarib, olib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va iktisodiy yondashishga о‘rgatib borish kerak bо‘ladi.
TMI ni tashkil etishda talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda qо‘yidagi shakllardan foydalanish mumkin:
-fanning ayrim mavzularini о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish, о‘quv manbalari bilan ishlash;
-amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
-ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
-kurs ishi (loyixalar)ni bajarish; bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi uchun materiallar to‘plash;
-xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
-maket, model va adabiyotlar ustida ishlash;
-amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
Fan xususidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilish kerak.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshi- riladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan holda mavzuga taaluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha matn kafedrada himoya qilinadi.
http://azkurs.org