Nizomiy nomidagi tdpu pedagogik mahorat fani


Umuminsoniy qadriyatlar haqida tushuncha



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə2/6
tarix01.12.2023
ölçüsü62,51 Kb.
#136925
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish y,,

Umuminsoniy qadriyatlar haqida tushuncha.

Qadriyatlar tizimi — tabiat va jamiyatda uchraydigan narsa va hodisalarning oʻz hayotidagi oʻrni haqida insonlarda hosil boʻlgan qarashlar toʻplamini bildiradigan qadriyatlar nazariyasi tushunchasi (ijtimoiy munosabat). Inson va jamiyat qarorlarni solishtirish va qabul qilishda qadriyatlar tizimiga tayanadi.
Breytueyt va Skott oʻz sharhlarida qadriyatlar toʻplami tushunchasining paydo boʻlishini 1950- va 1960-yillarda erishilgan konsensusga bogʻlaydilar. Bu konsensusda qadriyat tushunchasi obyektlar tavsifi sifatida emas, balki odamlar tavsifi sifatida kiritiladi, bunda odamlarda qanday istaklar boʻlishi kerakligi haqida talablar emas, ularning oʻz istaklari koʻzda tutiladi. Tadqiqotchilarning taʼriflar boʻyicha, qadriyatlar soni va toʻplami tizimi boʻyicha kelishuvga kelganiga qaramay, psixologlar oʻrtasida chuqur kelishmovchiliklar mavjud[2] (shuningdek, Breytueyt va Skott sharhiga qarang). Shunda ham baʼzi psixologlar bazaviy qadriyatlarning universal tavsifi haqida yozishadi. Breytueyt va Skottning fikriga koʻra, M. Rokich qadriyatlar tizimini oʻrganishda yuqori amaliy yutuqga erishgan; u 1968- va 1973-yillardagi ishlarida ilgari olingan natijalardan foydalanib, qadriyatlarni ikki guruhga ajratgan: Yakuniy qadriyatlar yoki maqsadli qadriyatlar, yaʼni baʼzi bir aniq maqsadlarga erishish inson hayotining mazmuni ekanligiga ishonish (yoki boshqacha aytganda, individual mavjudlikning qandaydir yakuniy maqsadi — masalan, baxtli oilaviy hayot, butun dunyoda tinchlik — shaxs va jamiyat nuqtai nazarida bu maqsadlar ularga intilishga arziydi); instrumental qadriyatlar yoki vosita-qadriyatlar, yaʼni maqsadlarga erishish usullari bilan bogʻliq boʻlgan isteʼdodlar (baʼzi bir harakat yoʻnalishi — masalan, halollik, ratsionalizm — barcha vaziyatlarda shaxsiy va ijtimoiy nuqtai nazardan afzalroq ekanligi haqidagi eʼtiqodlar). Misol uchun, Rokichning fikriga koʻra, sevgi eng oliy qadriyat, sevish qobiliyati esa vositadir. Rokich ikkala qadriyatlar guruhida ham ierarxiya mavjudligini (qadriyatlar tartiblangan) va shu sabab, shaxsning qadriyatlar tizimi ikkita tartiblangan roʻyxatga boʻlinishini taʼkidladi. Rokich, shuningdek, qadriyatlar va munosabatlar orasidagi farqni koʻrsatdi: qadriyat bir necha aniq obyektlar va holatlarga tegishli boʻlgan umumiy tushunchani qamrab oluvchi eʼtiqodni tavsiflaydi; munosabat esa bitta obyekt yoki holatga tegishli eʼtiqodlar toʻplamidir.
Rokich 18 tadan terminal (yakuniy) va instrumental (vositaviy) qadriyatlarni ajratib koʻrsatdi. Rokichning qadriyatlar tizimi tanqidchilari tomonidan uning oʻzboshimchaligi va subyektiv qadriyatlari toʻplami sifatida tavsiflangan, Rokichning oʻzi ishlarini „intuitiv“ deb hisoblagan. Biroq, kengroq qadriyatlar toʻplamidan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlar umumiy hisobda Rokichning natijalarini tasdiqladi. Shunday qilib, Breytueyt va Lo 1985-yilda 54 ta „hayotiy maqsadlar“ va 71 ta „xulq-atvorlar“ toʻplamidan foydalangan, ammo tahlillardan soʻng ular natijalarni Rokichning qadriyatlari bilan yaxshi mos tushadigan 19 oʻlchovga kamaytirishga muvaffaq boʻlishdi. 1991-yilga kelib, Rokichda topilgan odatiy boʻshliqlar „adolat“ va „salomatlik“ qadriyatlarining yoʻqligini oʻz ichiga oladi (ikkinchisi keyinchalik Rokich tomonidan uning tizimiga qoʻshilgan). Rokichning yondashuvi ham tanqid qilindi, unda soʻrovnomaning bir elemeti har bir qadriyatga toʻgʻri kelardi. Bunday "single issue" yondashuvda, xatolar muqarrar, sababi savolni tushunmaslik va boshqa muammolar yuzaga kelishi mumkin va shuning uchun ham jamiyatshunoslar har bir tushuncha uchun koʻplab savollar mavjud boʻlgan soʻrovnomalarni afzal koʻradilar. Shunday boʻlsa-da, Rokich yondashuvining soddaligi soʻrovlarni tez va takroriy oʻtkazish imkonini beradi. Takroriy soʻrovlarni oʻtkazishda baʼzi tadqiqotchilar bir yillik tanaffusdan keyin natijalarning yomon korrelyatsiyasini aniqladilar. Rokich tomonidan qoʻllaniladigan tushunchalarning mavhumligi ham turli madaniyatlarni qiyosiy oʻrganishda qiyinchiliklarga olib keladi, koʻplab tadqiqotchilar turli madaniy muhitlarda olingan soʻrov natijalarini solishtirish oʻta qiyinligini koʻrsatdilar

1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin