Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kurs ishi mavzu: Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy bosqichi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/8
tarix06.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#127869
1   2   3   4   5   6   7   8
Sinfdan tash o`q Kurs ishi namuna (2)

6. Lug‘at ishi:
7. Slayid orqali hikoyaga oid maxsus multfilm.

8. Topshiriq bilan o‘qish: bunda o‘quvchilar o‘qituvchi topshirig‘i bilan matnni tanlab o‘qiydilar.




9. Dam olish daqiqasi( inglizcha qo‘shiq).

MUSTAHKAMLASH.


1.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
- Barchinoy tomorqada aylanib yurib qanday voqea sodir bo‘ldi?
-U kimlardan yordam so‘radi?
-Chumchuqcha nima dedi?Musicha-chi, jo‘jalar-chi?
-Hakka nima ish bajardi?
-Barchinoyning kattadadasi nega xursand bo‘ldi?
-Bolajonlar,bizning sinfimizda hakkavoyga o‘xshagan bolalar bormi?
-Lekin,biz yashayotgan jamiyatimizda xuddi hakka singari hayot kechiradigan kishilar ham uchraydi. Biz ushbu hikoyamizdan to‘g‘ri xulosa chiqarib,halol mehnat orqali pul topishimiz zarur.
2. Muammoli vaziyat yaratish:
-Qushlar va parrandalar Barchinoyga nega yordam berishni xohlamadi?
-Yordam berganda nima bo‘lardi?
-Men Barchinoyning o‘rnida bo‘lsam nima qilardim?
-Barchinoy sirg‘achani olsa nima bo‘lardi?
3. Sahna ko‘rinishi ko‘rsatiladi.(Sinf o‘quvchilari ishtirokida).
4. Matematika faniga bog‘lash (quyonning,baqaning,o‘rdakning savoliga javob berish).


5. Moychechak mashqi(atrof-olam)






6. Mavzuga oid maqollar aytish musobaqasi.


*Oshing halol bo‘lsa ko‘chada ich.
*Mehnat-mehnatning tagi rohat.
*Hunar bo‘lsa qo‘lingda, osh topilur yo‘lingda.
*Bilim va hunar ol,qadrla uni,
Bilim-la hunar ham qadrlar seni.

Dars yakunida g‘olib guruh aniqlanadi,ballar e’lon qilinadi.


Uy ishi: hikoyani o‘qib, qayta hikoyalash, xulosa yozish,rasm chizish.

Xulosa qilib aytganda, interfaol usullar darsning qiziqarliligi va ta'sirchanligini oshiradi, o‘quvchilami ta'lim jarayonining faol sub'yektlariga aylantiradi. Nag bir o‘qitish tizimining shakllari, uslublari davr talablariga mos ravishda o‘zgarishi shart. fjqitishning bu qonuniyati, shubhasiz, respublikamizdagi barcha ta'lim sohasiga tegishli. Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Umummilliy dastur, DTS talablari va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari asosida o‘qitilayotgan, davr talablariga mos holda maktablarimiz innovatsion uslublar bilan mujassamlashgan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanmoqda

UMUMIY XULOSA
Har bir sinfda sinfdan tashqari o‘qilgan barcha asrlar o‘quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o‘quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o‘sadi. Hatto sahnalashtirisho‘quvchini har tomonlama yo‘naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o‘rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o‘qituvchi rahbarlik qiladi. O‘quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to‘g‘ri bajarishlari, o‘qishlari o‘quvchilarda zavq-shavq uyg‘otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o‘qib o‘rganishga intilish uyg‘otadi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda ijod ahli bo‘lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo‘lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o‘rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go‘zalligini idrok etishga o‘rgatadi. So‘z san’ati badiiy asarda o‘z ifodasini topadi. Xalq badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so‘z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o‘quvchi albatta xalq og‘zaki ijodini yaqindan o‘qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o‘quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo‘lishga, topishmoqlar o‘qir ekan, topog‘on, bilimdon, zukko bo‘lishga intiladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin