Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/87
tarix24.11.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#133995
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Germaniya 
ta’lim tizimida muhim 
bosqich 
hisoblanadi. 
Maktabgacha 
ta’lim 
bolalar 
bog‘chasi 
(Kindergarten)da amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga 3-6 yoshdan 
maktab yoshigacha borishadi.Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi 
mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. 
Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasida (nem. 
Schulkindergarten) taxsil oladilar. Bu bog‘chalar alohida FE qoidasiga 
ko‘ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang‘ich ta’lim sektoriga 
bo‘ysinadi.
Maktabgacha ta’lim 
majburiy 
emas, 
lekin 
ko‘pgina Feda 
rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar 
bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi 
tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalami mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat 
tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalari, xususiy shaxslar, diniy 
muassasalar zimmasida. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 
bolalaming 80% bog‘chalarga qatnaydilar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina 
xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganilib qabul qilingan muassasadir. 
Bu yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, davlat tizimiga emas, balki yosh 
avlodni qo‘llab-quwatlash muassasalari tizimiga kiradi. 1996 yildan 
boshlab bolalar bog‘chasiga qatnash uchun huquqiy me'yorlar ishlab 
chiqildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga farzandlami berish ixtiyoriy 
ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota- 
onalardan ulaming daromadiga qarab ma’lum miqdorda to‘lov 
olinadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotida tayyorlov guruhlari maktab 
ta’limining birinchi bosqichiga kiradi.
Internatsional 
maktabgacha ta'lim tashkilotlari. Bunday maktab­
gacha ta'lim tashkilotlar emigrantlar uchun yaratilgan b o iib , ko‘pincha 
ulami emigrantlaming o‘zlari farzandlari uchun tashkil etadilar.

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin