Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/87
tarix24.11.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#133995
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
birinchidan,
maktabgacha ta ’lim tashkiloti tarbiyalanuv- 
chisining o ‘rganiladigan materialni o ‘zlashtirishini qulay qilish va 
osonlashtirish maqsadida material bir-biri bilan bog‘liq qismlarga, 
b o ‘laklarga ajratiladi; 
ikkinchidan
, ta ’limdan m o‘ljallangan natija olish 
uchun amallar ketma-ket bajarilishi va loyihalashtirilgan ishlar oxiriga 
yetkazilishi 
ko‘zda tutiladi. Eng muhimi, ushbu texnologiyada 
o ‘rganiladigan material multimedia asosida taqdim etiladi.
Bola miyasiga bunday multimediaviy ta ’sir natijasida uning 
o ‘zlashtirishi yaxshilanib, m ashg‘ulot samaradorligi oshadi. Maktab­
gacha yosh davrida bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va 
har tomonlama rivojlantirishda multimedialardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
M aktabgacha ta ’lim tashkiloti tarbiyachilarining 
bolalar bilan 
ishlashda multimedia vositalaridan foydalanishi, media savodxonligini 
oshirib borishi maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda bolalardagi 
animatsion faoliyatga qiziqishi, layoqati hamda zamonaviy texno- 
logiyalardan foydalanishdagi o ’ziga xos jarayon ulaming STEAM ta ’lim 
texnologiyasini amaliyotda qo’llashga olib keladi.
M aktabgacha yoshdagi bolalaming texnika va texnologiyalardan 
foydalanishdagi bilim, k o ’nikma va malakalar tarbiyachilaming ham 
digital kompetensiyalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.Shu bilan 
birgalikda raqamli savodxonligini oshiradi.
Bugungi kunda maktabgacha katta yoshdagi va boshlang‘ich sinf 
o ‘quvchilari ham dunyoning 150 ta mamlakatidagi ta ’lim muas- 
sasalarida samarali qo ‘llaniladigan asosiy dasturlash tili Scratch ni 
o ‘rganmoqdalar.Bundan ko‘rinadiki, bolalaming zamonaviy media 
m a’lumotlarga qiziqishi va talabi yuqori darajada.
Scratch 
- AQSH dagi Massachusets texnologiya universiteti 
tomonidan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan tushunarli va qiziqarli 
dasturlash tilidir. Bolalar Scratch dasturini m ashg‘ulotlar orqali 
o ‘rganishsa, odatdagidan k o ‘ra qiziqarli va mazmunli b o iad i. Scratch 
dasturida bolalar uchun o ‘yinlami dasturlash matnda emas, balki rang-
52


barang bloklar orqali dasturlanadi. 0 ‘rganish uchun maxsus alohida 
bilim va tayyorgarlik talab qilinmaydi. Scratch dasturida murakkab 
kodlar y o ‘q. Shuningdek, buyruqlami qo‘lda yozishga hojat y o ‘q. Dastur 
lego konstruktoridagi rangli vizual bloklar yordamida amalga oshiriladi. 
Dasturda har qanday vaqtda o ‘zgarishlar qilishingiz mumkin, natija esa 
darhol ko ‘rinadi.Demak bundan ayonki, bu jarayonni maktabgacha katta 
yoshdagi bolalar 
(5-7 yosh) mustaqil o ‘z qiziqish va layoqati, 
faoliyatidan kelib chiqib Scratch dasturlash tili elementlarini o ‘rganishi 
maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, maktabgacha katta yoshdagi bolalar 
(5-7 yosh) da quyidagi jarayon yuzaga keladi.

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin