Toshkent Viloyati Chirchiq pedagogika Instituti Fizika Astronomiya yo‘nalishi 21.2gurux talabasi Nabiyeva Toshbibi Jismoniy tarbiyadan Mavzu: Ertalabki badantarbiya mashqlari. Reja: 1. Ertalabki badantarbiya mashqlarini tashkil etish. 2. Mashqlarining asosiy shakllari. 3. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari. Ertalabki badantarbiya mashqlarini tashkil etish
Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiyamashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi.
Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat.
Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari. Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish)
Mashqlarining asosiy shakllari
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi. Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi.
Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.
Ritmik mashqlari sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi.
Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo‘ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik. Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi. Xis - tuyg‘ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi.
Raqslar uchun mo‘ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko‘pgina o‘zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo‘llaniladi Harakatlarning go‘zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o‘zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko‘rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko‘ramiz.
Ertalabki badantarbiya mashqlariga o‘rgatishning shart-sharoitlari. Badantarbiya mashqlariga o‘rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-nechta sharoitlarni o‘ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi o‘rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo‘lishi kerak. O‘rgatish oldidan tarbiyachida ishning rejasi bo‘lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-ketligi bo‘lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi kerak. Ko‘pincha mashqlarni o‘rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan o‘rgatish yullarini ishlatadi.
XULOSA Musobaqa qoidalari tubdan o`zgargan. FIJ musobaqa qoidalaridagi majburiy dasturning bеkor qilinishi va boshqa yangiliklar qator muammolarni kеltirib chiqardi. Ularning eng asosiysi – zamonaviy gimnastika qaеrga kеtyapti? U alohida turlar bo`yicha musobaqalar bilan bir qatorda ko`pkurashni ham o`z ichiga olgan еngil atlеtika kabi rivojlanish yo`lini tanlaydimi yoki o`z gimnastik an`analarini saqlab qoladimi? Hozirgi bosqichda gimnastika ham chuqurlashib, ham kеngayib bormoqda. “Chuqurlashish–musobaqa dasturlarining yaanada murakkablashuvi va tехnik mahoratning o`sishi dеmak. Bu sport gimnastikasidagi eng barqaror yo`nalishlardan biri. “Kеngayish” dеganda gimnastika gеografiyasining kеngayishi va uning turlari hamda shakllarining ko`payishi nazarda tutilmoqda. E'tiboringiz uchun rahmat !!