Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti 3- kurs 305-guruh talabasi
Solixova Munojatning Tarbiya diagnostikasi fanining asosiy tushuncha va tamoyillari hamda evolyutsiyasi
Pedagogik diagnostikaning mohiyati Mustaqil O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati aholining, ayniqsa, yosh avlodning bilimi, tarbiyasi va madaniyatining qay darajada shakllanganligiga bog’liqdir. O’quv-tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy: “Ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat” 9 - degan fikrni “Fozil odamlar shahri asarida alohida ta’kidlagan. Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti- harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyami tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi, ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda o’qituvchi yoshlarning shaxs sifatida rivojlanishining xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur. Mustaqil, ma’rifiy-madamy, adolatli va insonparvar jamiyatda yosh avlodni har 9 Абу Hacp Фаробий. Фозил одамлар шаҳри.-Ташкент: Ўқитувчи, 2004,-87-бет. tomonlama yetuk, axloqli, odobli kishilar sifatida kamol toptirish dolzarb vazifadir. Mustaqil respublikamizning «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun talablari bilan hamohang ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish uchun zarur bo’lgan quyidagi xususiyatlarni shakllantirish lozim. Ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to’g’ri tushunish hamda tahlil qilib, munosabat bildira olish; jamoada qabul qilingan normalarga amal qilish, mehnat qilish malakalarini egallsh; barkamol inson siymosini idrok etish, uning ma’naviy qiyofasini shakllantirish usullarini izlash. Mashg’ulot o’tkaziladigan sharoitlardan qat’iy nazar o’quv jarayonini qulaylashtirishga xizmat qiluvchi diagnostika quyidagi maqsadlarga yo’naltiriladi: - ta’lim natijasi noto’g’ri baholanganda ichki va tashqi tahrirga; - ta’limdagi kamchiliklarni aniqlashga; -ta’limning muvaffaqqiyatli natijalarini tasdiqlashga; -o’quv jarayonining keyingi bosqichlarini rejalshtirishga; - ta’lim-tarbiyadagi muvaffaqiyatlarni rag’batlantirish orqali motivatsiya paydo qilishga va keyingi murakkab qadamlarni yonaltirishga; - o’quv-tarbiyaviy sharoitlarni yaxshilashga. Nufuzli amerika ma’lumotnomalarining (Lindguist) birida pedagogik tashxislash vazifalari (Edicational Measurement)ga yirik boblar uchun o’rin ajratilgan: o’qitish jarayonida uslubiy yordam ko’rsatish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabdagi ijtimoiy pedagog maslahati, tarbiyaviy jarayonda ta’limning o’rni (Plaziering). Bu yana bir karra ilmiy asoslangan pedagogik diagnostika o’quv-tarbiyaviy jarayonning mazmunini boyitishga xizmat qilishini ko’rsatadi. Pedagogik diagnostikada o’quvchi shaxsi pedagogik diagnostika ob’ekti sifatida qaraladi. Ta’lim muassasadagi ta’lim - tarbiya sifati, moddiy - texnika bazasining mustahkamligi, o’quv jarayonida axborot kommunikatsiya vositalari va o’qitishning zamonaviy metodlaridan, innovatsiyalardan samarali foydalanilayotgani o’quvchi shaxsini kamol toptirishga qaratiladi va o’quv dargohining bilim o’chog’i degan maqomga munosibligini ko’rsatadi. Bugungi kunda pedagogik diagnostikaning shuriday tamoyillarini amaliyotda qo’llash lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularing pedagogik dahlsizligini ta’min lashi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar orqali ularga ijobiy ta’sir ko’rsatishi va korrektsiyalash metodikalarini oqilona tatbiq etishi zarur. Tashxislashning natijalari kadrlar tayyorlash va ularing kasbiy malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxislashda mavjud pedagogik muammolar ravshanlashadi, ularing yechimini topish zarurati aniqlanadi. Muammolar yechimi faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o’z aksini topadi. 2. Pedagogik diagnostika funktsiyalari. Pedagogik diagnostika funktsiyalari (vazifalari) aynan shu nuqtayi nazardan kelib chiqadi: -teskari aloqa funktsiyasi-ko’zlangan o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishish shakllan vayo’llarini tahlil qilish; -maqsad va vazifalarni belgilash funktsiyasi- jamoaning taraqqiy qilish istiqbollarini, istiqboliy rejalarini aniqlash; -taqsimot funktsiyasi-jamoa a’zolari ortasida burchlarni, vazifalarni taqsimlash; -yaratish funktsiyasi- kattalarning yoshlar bilan muloqot qilishining sog’lom muhitini tarkib toptirish; -pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish funktsiyasi; -pedagogik korrektsiyalash funktsiyasi - yoshlar xulqidagi, ta’limiy faoliyati, tarbiyaviy jarayondagi nuqsonlarni bartaraf etish vazifasini o’taydi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarni attestatsiyalashda qo’l keladi; -motivatsiya va rag’batlantirish funktsiyasi-o’quvchi-yoshlarning hamda tarbiyachi-o’qituvchilarning ta’lim olish va ta’lim berish faoliyatini ragbatlantirishni, tashqistimullarni adekvat qabul qilishni nazarda tutadi. Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi; -nazorat funktsiyasi- ta’limiy - tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o’tkazishni nazarda tutadi, chunki diagnostika ma’naviy-ma’rifiy jarayon holati to’grisidagi axborotga ega bo’lishni bildiradi