Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta’lim fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Axmadjonova Jasmina Jamshid qiziga taqdimnoma



Yüklə 16,63 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü16,63 Kb.
#136478
jasmina22


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta’lim fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Axmadjonova Jasmina Jamshid qiziga


TAQDIMNOMA

Axmadjonova Jasmina Jamshid qizi 2005-yil 30-oktabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.


Axmadjonova Jasmina 2022-yil sentabr oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Universitetda o‘qish jarayonida Axmadjonova Jasmina o‘zining tirishqoqligi, izlanuvchanligi, bilimga chanqoqligi va mehnatsevarligi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Axmadjonova Jasmina talabalik davrida bir qancha yutuqlarni qо‘lga kiritdi, jumladan har yili Respublika miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalida 2023-yil faol ishtirok etib kelmoqda. Universitetda o‘tkazilgan “Men qonun himoyachisiman” mavzusidagi tanlovning “Eng yaxshi g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rin; “Ajdodlar siymosi qalblarda mangu” nomli tanlovda “Eng yaxshi portret” yo‘nalishida 3-o‘rin; “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Axmadjonova Jasmina ilm-fan sohasidagi samarali faoliyati, Universitetda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni yaratishga qo‘shgan hissasi hamda “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida, shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida o‘tkazilgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida hamda Nizomiy nomidagi TDPUda “Osh chempionati”ni tashkil etishdagi faol ishtirok etkani uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Bulardan tashqari, talaba Axmadjonova Jasmina o‘quv yili davomida o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va yakka tartibda bir nechta maqolalar chiqaradi. Jumladan, 2023-yil “In Recognition of Publication of manuscript Entitled” jurnalida “Rangtasvir san’ati va ranglar uyg’unligining ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni: Tasviriy san’at, tibbiyot, fizika sohalarining rangshunoslik bilan aloqadorligi” mavzusida qolaversa “Educational Research in universal Sciences” jurnalida “Abdulla Avloniy asarlarining ta’lim tizimidagi ahamiyati va o’rni” mavzusida o`z maqolasini chop etgan. Shuningdek, “Scientific Academy” ilm ma`rifat markazining 2023-yil 12-iyul kungi 7-sonli buyurug’iga asosan Mustaqil Davlarlat Hamdo`stligi miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim iftixori” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, talaba mahalliy va xorijiy jurnallarda o’nga yaqin maqolalarini nashr etib kelmoqda.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi(MDH) miqiyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida maqolasi bilan ishtirok etgani uchun “Ta’lim iftixori” estalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma bilan taqdirlangani taqsinga sazovordir.
Axmadjonova Jasmina o‘zining ma’suliyatligi, о‘z faoliyatida adolatligi bilan birga talabchanligi jihatidan universitet talabalariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. О‘zi tanlagan kasb egasi bо‘lishi uchun tinimsiz mehnat qilayotganining isboti sifatida uning xalqaro va respublika miqyosida nashr qilingan ilmiy va uslubiy maqolalari misol qilishimiz mumkin.
Bu talabaning har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishi tahsinga loyiq.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Axmadjonova Jasmina Jamshid qizining hozirgi kunda tasviriy san’at ilm saboqlarini keng o‘rganayotganligi va yoshlar orasida targ‘ib qilayotganligi kelajakda davlatimiz yoshlari safida o‘z iqtidori orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga ishongan holda Axmadjonova Jasminani “Yil talabasi - 2023” tanlovida “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” yo‘nalishiga tavsiya qiladi.
Nizomiy nomidagi TDPU
Professional ta’lim fakulteti dekani M.M.Qodirov
Yüklə 16,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin