Xasanboyev J, To‘raqulov X., Xaydarov M., Xasanboyeva O. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya, 2008.
Niyozov G`., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg`ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011.
MUSTAQIL TA’LIM № 4. 4-mavzu: Аhmаd Yassаviyning pеdаgоgik g’оyalаri. Umar Hayyomning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari. Ishning maqsadi:“Ahmad Yassaviyning pedagogik g‘oyalari.Umar Xayyomning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirish
Topshiriq shakli:Savollarga javob yozish, konspektlashtirish
Bajarish vaqti: 6 soat 1-Topshiriq. Tegishli adabiyot bo‘limlarini o‘qish va quyidagi savollarga yozma ravishda javob yozish:
Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodiy faoliyati (1103-1166).
Odamning axloqiy hayotining asosiy me’yorlari “Devoni hikmat” (Hikmat kitobi) diniy-falsafiy risolasida bayon etilgan.
Ahmad Yassaviyning shaxs sifatida ma'naviy shakllanish tarixi.
Islomda so‘fiylik bilimining “turkiy” yo‘lining asoschisi sifatida Yassaviy qanday o‘rin tutadi?
Tasavvuf vakillari tarbiya va ta’lim nazariyasida qanday pedagogik axloqni ilgari suradilar?
Ishonchli manbalarga asoslanib, Ahmad Xoja Yassaviyning qarashlarini tavsiflang.
Savollarga javob berish bo’yicha metodik tavsiyalar: 1. Berilgan savolning mohiyati haqida fikr yuritish.
2. Savol mazmuniga manbalar asosida tayyorlanish.
3. Nutqda ishonch, materialga yo‘naltirilganlik.
4. Tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.