Taqdimotni tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:
taqdimotni yaratish qoidalariga amal qilgan holda talaba birinchi slaydda ism sharifi, fakulteti, yo‘nalishi, kursi yozilgan bo‘lishi kerak;
navbatdagi slaydlarda mavzuga doir qator ma’lumotlar berishi lozim. Jumladan, slaydlarda yorqinlik, ranglar bir-biriga mutanosibligi, fonni to‘g‘ri tanlashi kerak. Mavzuga mos animatsion shakllardan foydalanishi, ushbu slayd ichida giper ssilka orqali videolavhalar namoyish etishi mumkin;
taqdimotning har bir slaydida shriftlarga e’tibor berishi, ya’ni mavzu nomlari 24 shriftdan kam bo’lmasligi, qolgan ma’lumotlar esa 18 shriftdan kam bo’lmasligi lozim;
taqdimotning oxirgi slaydlarida ushbu mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyot ko’rsatilishi kerak;
Baholash mezonlari: • taqdimot matnining to’liqligi
• mavzuning xususiyatlari va o’ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
• qiyosiy tahlilning amalga oshirilganligi.
• ishning o‘z vaqtida topshirilganligi.
Maksimall: 2 ball
2 – 1.8 ball - “5”baho
1.7 – 1.5 ball - “4” baho
1.4 - 1.2 ball -“3” baho
1.1 dan past ball - “2” baho
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: N.S.Atayeva, F.Rasulova, M. Salayeva, S.Hasanov. Umumiy pedagogika. (Pedagogika tarixi). O‘quv qo‘llanma. I kitob. -T.: “Fan va texnologiya”, 2012
MUSTAQIL TA’LIM № 8 Mavzu № 8. Iogann Genrix Pestalotssining pedagogik g’oyalari. Ishning maqsadi: “Iogann Genrix Pestalotssining pedagogik g’oyalari” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli:konspektlashtirish, tavsif yozish.
Bajarish vaqti: 6 soat 1-Topshiriq. Pedagogikaga oid oʻquv adabiyotlardan mavzuga doir qismlarini oʻqib, quyidagi masalani yozma bayon etish: 1.Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlangʻich taʼlim metodikasiga qoʻshgan hissasi qanday?
2. Ahloqiy qarashlariga tavsif yozish.