taqdim etilgan ma'lumotlarning mantiqiy aloqasi mavjudligi;
ishning o‘z vaqtida topshirilganligi.
Maksimall: 2 ball
2 – 1.8 ball - “5”baho
1.7 – 1.5 ball - “4” baho
1.4 - 1.2 ball -“3” baho
1.1 dan past ball - “2” baho
Tavsiya etilgan adabiyot: 1. Коменский Я.А. Буюк дидактика. – Т.: Ўқитувчи, 1975.
MUSTAQIL TA’LIM № 10. 10-mavzu: AQSh, Yaponiya, Germaniya davlatlari ta’lim tizimi. Ishning maqsadi: AQSh, Yaponiya, Germaniya davlatlari ta’lim tizimini o‘rganish va tahlil qilish. Topshiriq shakli: mavzuni umumlashtirish, tahlil qilish. Bajarish vaqti: 6 soat Topshiriq. AQSh, Yaponiya, Germaniya davlatlari ta’lim tizimi bo‘yicha intellekt karta tuzish. Intellekt karta tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar: Intellekt karta–namoyishlarni oʼtkazish, qaror qabul qilish, oʼz vaqtini rejalashtirish, katta miqdordagi maʼlumotlarni esda saqlash, aqliy hujumlarni oʼtkazish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, murakkab loyihalarni ishlab chiqish, mustaqil taʼlim, rivojlanish va shu kabi vazifalarni hal etishda ajoyib vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Intellekt karta tuzishga qo‘yiladigan talablar:
Barcha uchun tushunarli bo‘lishi;
Yorqin, esda qolarli, mavzu mazmuniga mos bo‘lishi;
Kalit so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olish;
Ijodiy yondashuv;
Chiroyli bezatilgan bo‘lishi: ranglar mutanosibligi ahamiyatga ega.
Intellekt karta tuzish bo‘yicha metodik tavsiyalar:
Asosiy fikr, muammo yoki soʼz markazga joylashtiriladi (u rasm koʼrinishida, belgi yoki soʼz koʼrinishida bo‘lishi mumkin);