10-mavzu: AQSh, Yaponiya, Germaniya davlatlari ta’lim tizimi.…..............................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……...…………..…………..…………..……….
KIRISH Talabaning mustaqil ishi – o‘quv rejada muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismidir.
“Umumiy pedagogika” fanining “Pedagogika tarixi” moduli bo‘yicha talabalarning mustaqil ishi – shu fanning fan dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishni ta’minlaydigan auditoriyadan tashqari ishlar majmuidir.
“Umumiy pedagogika” fanining “Pedagogika tarixi” moduli bo‘yicha talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi bo‘lajak pedagoglarning kasb bo‘yicha amaliy faoliyatini erkin va mustaqil ravishda amalga oshirishga hissa qo‘shadigan umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan yuqori malakali mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdir.
“Pedagogika tarixi” modulini o‘qitish doirasidagi mustaqil ish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
talabalarning auditoriyada va darsdan tashqari mashg’ulotlarda olgan bilim, ko‘nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni aqliy va jismoniy faoliyatning stereotiplariga aylantirish;
fan dasturidagi mavzular bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallash;
pedagogik tadqiqot faoliyati bilan bog'liq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
o‘zining faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
samarali mustaqil kasbiy nazariy, amaliy, o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Talabalarning mustaqil ishi har bir o‘qituvchi tomonidan “Umumiy pedagogika” fanining “Pedagogika tarixi” moduli bo‘yicha ishchi dasturda rejalashtirilgan va uning kredit turlari (soatlari) sillabusda qayd etilgan bo‘lib, unda talabalar har doim mustaqil ishlarning hajmi, bajarilish vaqti va ularni bajarish natijalarini baholashda qo‘yiladigan maksimal ball haqida ma'lumot olishlari mumkin.
“Pedagogika tarixi” moduli bo‘yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish va berilgan mavzu bo‘yicha konspekt tayyorlash;
Fanni o‘rganish jarayonida mustaqil ishlash uchun 60 soat ajratilgan. Mazkur ko‘rsatmalar talabalarga mavzu bo‘yicha materialni maqsadli o‘rganishga, mustaqil ishlarni bajarishda bilim va ko‘nikmalar darajasini aniqlashga yordam beradi.