Topshiriq shakli: mavzuni umumlashtirish, taqdimot tayyorlash. Bajarish vaqti: 6 soat Topshiriq. Tavsiya etilayotgan adabiyotlarni o‘qing va quyidagilarni yoriting:
Al-Xorazmiyning hayoti va ijodiy faoliyati.
“Al-Xorazmiy” arifmetik risolasi va uning matematika fani tarixidagi eng muhim o‘rni. (Hind arifmetikasi haqida kitob).
Al-Xorazmiyning algebraning rivojlanishidagi o‘rni (“Algebra hisobi bo‘yicha qisqacha kitob” risolasi).
Al-Xorazmiy asarlaridagi didaktik g‘oyalar.
Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyati.
Abu Rayhon Beruniyning didaktik g‘oyalari.
Abu Rayhon Beruniyning psixologik g‘oyalari.
Taqdimotni tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:
taqdimotning har bir slaydida shriftlarga e’tibor berishi, ya’ni mavzu nomlari 24 shriftdan kam bo’lmasligi, qolgan ma’lumotlar esa 18 shriftdan kam bo’lmasligi lozim;
taqdimotning oxirgi slaydlarida ushbu mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyot ko’rsatilishi kerak;
Baholash mezonlari: • taqdimot matnining to’liqligi
• mavzuning xususiyatlari va o’ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
• qiyosiy tahlilning amalga oshirilganligi.
• ishning o‘z vaqtida topshirilganligi.
Maksimall: 2 ball
2 – 1.8 ball - “5”baho
1.7 – 1.5 ball - “4” baho
1.4 - 1.2 ball -“3” baho
1.1 dan past ball - “2” baho