Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə149/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Ravishlarning yasalishi

O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.


Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi.
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar:
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi.
-cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi.
-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi.
-ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi.
-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shiladi.
-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
-siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi.
-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish yasaydi.
Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi.
Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi:
1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi;
2) ko`rsatish olmoshlariga yon, yer, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu yer, shu yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan kabi;
3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi;
4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.
Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi.
Juft ravish quyidagicha yasaladi:
1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi;
2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi;
3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;
4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-bilinmas kabi.
Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat uyquga ketdim.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin