Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə150/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari

Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo`ladi.


Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi.
Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.


25-MA’RUZA
YORDAMCHI SO`Z TURKUMLARI


Reja:
1. Ko’makchi haqida ma'lumot

  1. ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari

  2. ko’makchilar va kеlishiklar

2. Bog`lovchi

  1. teng bog`lovchilar

  2. ergashtiruvchi bog`lovchilar

  3. bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar

3. Yuklama

  1. yuklamalarning turlari

  2. yuklamalarning yozilishi

Yordamchi so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug`aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o`zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.
Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qandaydir qo`shimcha ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari deyiladi. Yordamchi so`z turkumlariga bog`lovchi, ko`makchi va yuklama kiradi.
Ko’makchi haqida ma'lumot
Ot, va otlashgan so’zlardan kеyin kеlib, ularni boshqa so’zlarga tobеlanish yo’li bilan boG`laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi dеyiladi: O`z qo’li bilan to’g`riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan kеyin kеlsa,o`sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sof ko’makchilar luG`aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kеlishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yangliG`. Bunday ko’makchilar urg`u olmaydi, urg`u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g`iniga tushadi.
2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar gapdao`rni bilan mustaqil so’z, o`rni bilan ko’makchi bo’lib kеladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin