Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə166/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

3. Holli birikma. Bu xil so`z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli birikmaning tobe va hokim a’zolari o`zaro bitishuv yoki boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi: yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq.
So`z birikmalari tuzilishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:
1) oddiy so`z birikmalari, 2) murakkab so`z birikmalari.
Oddiy so`z birikmasi. So`zshakl bilan so`z (leksema)ning yoki ikki so`zshaklning bog`lanmasi oddiy so`z birikmasi hisoblanadi: keng dala, tekisroq yo`l, tinchlikka da’vat qilmoq, davlatlarning hamdo`stligi, maktab hovlisi.
Biror qismi frazeologik ibora yoki murakkab tushunchani bildiradigan turg`un birikma bilan ifodalanadigan so`z birikmasi ham oddiy so`z birikmasiga mansub bo`ladi. Masalan: yulduzni benarvon uradigan odam, Fanlar akademiyasi institutlari kabi.
Murakkab so`z birikmasi. Bunda birikmaning qismlaridan biri yoki har ikkisi so`z birikmasi bilan ifoda etiladi. Masalan, mehnat qilishni sevadigan odam, odamlarga xayrixoh bo`lgan kishi kabi so`z birikmalarining tobe a’zosi («mehnat qilishni sevadigan», «odamlarga xayrixoh bo`lgan») so`z birikmasi shaklida qo`llanib, hokim so`zga bitishuv yo`li bilan bog`langan.


29-MA’RUZA
GAP BO’LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT.BOSH BO’LAKLAR.
IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR, TURLARI: ANIQLOVCHI, TO`LDIRUVCHI, ULARNING TURLARI VA IFODALANISHI.
REJA:
1. Aniqlovchi

  1. sifatlovchi aniqlovchi;

  2. qaratqich aniqlovchi;

  3. izohlovchi.

2. To`ldiruvchi

  1. vositasiz to`ldiruvchi

  2. vositali to`ldiruvchi

GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLARI
Aniqlovchi
Predmet ma’nosini bildiruvchi so`zni izohlaydigan va uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo`lakka aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo`ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin