Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə172/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bolani
1. Vositasiz to`ldiruvchi
To`ldiruvchi o`z vazifasi va shakliga ko`ra ikki turga ajratiladi: vositasiz to`ldiruvchi va vositali to`ldiruvchi.
Vositasiz to`ldiruvchi harakatni o`ziga qabul qilgan, harakat o`ziga bevosita o`tgan predmetni bildiradi. Shu bois u odatda o`timli fe’l bilan ifodalangan bo`lakka bog`lanadi.
Vositasiz to`ldiruvchi ko`pincha tushum kelishigidagi birliklar bilan ifodalanib, kimni? nimani? qaerni? kabi so`roqlardan biriga javob bo`ladi: Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. (Maqol). Aqlni beaqldan o`rgan. (Maqol). U hamma qishloqlarni o`zi aylanib chiqdi. (P.Qodirov).
Vositasiz to`ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so`z bilan ham ifodalanadi: Temirjon quymoqdan ko`p yemadi. (J.Abdullaxonov).
Vositasiz to`ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so`z bilan ifodanganda, harakat butunlay predmetga o`tadi, chiqish kelishigidagi so`z bilan ifodalanganda esa, harakat qisman predmetga o`tganligi anglashiladi.
Vositasiz to`ldiruvchi ikki xil shaklda: belgili va belgisiz shaklda ishlatiladi. Belgili vositasiz to`ldiruvchi tarkibida tushum kelishigi –ni affiksi saqlanadi: Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi. (Maqol). Odamni po`stin emas, ish qizdiradi. (Maqol). Belgisiz vositasiz to`ldiruvchida –ni qo`shimchasi qatnashmaydi, lekin uni tiklash mumkin bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday vositasiz to`ldiruvchi belgisiz tushum kelishigi shaklidagi so`z bilan ifodalanadi: Non emoqchi bo`lsang, o`tin tashishdan erinma (Maqol). Tekin boylik axtarguncha, o`zingga bop hunar top (Maqol).
2. Vositali to`ldiruvchi
Vositali to`ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi birliklar bilan hamda ko`makchili ishlatilgan birliklar bilan ifodalanadi. Vositali to`ldiruvchilarning ma’nolari va so`roqlari turlichadir. Mazkur to`ldiruvchilarni jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari hamda «bilan», «uchun», «to`g`risida», «haqida» kabi ko`makchilar shakllantirib, ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? kim to`g`risida? nima xususida? kabi so`roqlardan biriga javob bo`ladi. Masalan: Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so`nsa, u insoniylikdan mahrum bo`ladi. («Tafakkur gulshani»). Do`sting bilan sirdosh bo`l (Maqol). Mineral tuz, bosh miya uchun zarur bo`lgan efir moyi aksar yong`oqning mag`zidan olinadi. (J.Abdullaxonov). G`oyib endi «studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. (J.Abdullaxonov). Mana endi uning yaxshi xislatlari to`g`risida gap ketyapti. (J.Abdullaxonov).
Vositali to`ldiruvchi ko`pincha fe’l bilan ifodalangan bo`laklarga, ba’zan esa sifat, ravish, ot, modal so`z bilan ifodalangan bo`laklarga ham bog`lanib keladi. Masalan: Bu – professor Jamolovning saxiyligi, yoshlarga mehr-muhabbatining mevasi, albatta. (J.Abdullaxonov). Temirjon gamma nurlarini hayot uchun faqat ofat manbai deb bilardi. (J.Abdullaxonov). Temirjon uning bu uyda xizmat qilishidan bexabar edi. (J.Abdullaxonov). Uning tashqi ko`rinishi sokin tuyulsa-da, ichki dunyosi olam-olam orzularga boy... (J.Abdullaxonov).



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin