Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə178/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi. (P.Qodirov).
2. Uyushiq kesim:
a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda. (J.Abdullaxonov);
b) uyushiq ot kesim: Qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, toza bo`ladi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
3. Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor. (O`.Hoshimov). Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan. Uyushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lardilar. (J.Abdullaxonov). Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
d) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.Yoqubov).
4. Uyushiq to`ldiruvchi:
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida qasr, koshona, machit, madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov);

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin