Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


III. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə187/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

III. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug` odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo`ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblast yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.Yoqubov).
IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko`rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko`rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomgi suhbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).
Kirish so`z ko`pincha modal so`z bilan, kirish birikma esa so`z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Chamasi, o`n minutcha yurilsa, salqin va so`lim sayribog` bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida yerning nafasini eshitarmishsiz? (O`.Hoshimov).
Kirish so`z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo`yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo`q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov).


Kiritma gap
So`zlovchining asosiy fikr ichida yo`l–yo`lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o`zi kiritilgan gapning biror bo`lagiga mazmunan aloqador bo`lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o`rtaydi). (F.Musajonov).
Kiritma gap ko`pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko`zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad - o`g`lining ismi shunday ekan – bizning yo`l uchastkamizda qolishdi. (Ch.Aytmatov).
33-MA’RUZA

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin