Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə193/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Bog`langan qo`shma gap
Qismlarining o`zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog`langan qo`shma gap deyiladi. Bog`langan qo`shma gap qismlari o`zaro biriktiruv bog`lovchilari (va, hamda, ham), zidlov bog`lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog`lovchilari (yo, yoki, yohud, dam... dam, goh... goh, ba’zan... ba’zan, hali... hali, bir... bir), teng bog`lovchi vazifasidagi –da, -u (-yu), na... na yuklamalari, shuningdek, bo`lsa, esa yordamchilari vositasida bog`lanadi.
Shunga ko`ra bog`langan qo`shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Biriktiruv bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
2. Zidlov bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
3. Ayiruv bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
4. Teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
5. Bo`lsa, esa yordamchi so`zlari vositasida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
Biriktiruv bog`lovchilari (va, hamda; ba’zan shu vazifadagi ham yuklamasi) yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap tarkibidagi qismlardan bir paytda yoki ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Masalan: Haqiqat va to`g`rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi va uning vijdoniga hech kim hokim bo`la olmaydi. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur.) Keng bog`dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi va uning yaproqlari nurga intilib o`sa boshladi. (O`.Hoshimov.)
Zidlov bog`lovchilari (lekin, ammo, biroq, balki) yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap qismlari mazmunan bir-biriga zid bo`ladi. Masalan: Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo`lmaydi. («Ajoyib nasihatlar») Burni, qoshi, yana allaqaeri otasiga o`xshardi, lekin Akbarov ham bir vaqtlar o`g`liday ajinsiz, quyuq qora sochli bo`lganini tasavvur etish qiyin edi. (P.Qodirov).
Ayiruv bog`lovchilari (yo, yoki, yohud, goh..., goh, dam..., dam, ba’zan..., ba’zan...) yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gapda birini tanlash lozim bo`lgan yoki galma-gal ro`y beradigan voqea-hodisalar ifodalanadigan qismlar birikadi.
a) yo (yo..., yo), yo..., yo bo`lmasa; yoki (yoki..., yoki); yo..., yoki; xoh..., xoh bog`lovchilari birini tanlash lozim bo`lgan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni birlashtiradi. Masalan: Yo ko`k unga o`z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql ko`zgusi xiralashib qolgan. (O.Yoqubov.)
b) goh..., goh; dam..., dam; ba’zan..., ba’zan bog`lovchilari galma-gal ro`y beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni bog`laydi. Masalan, Ba’zan oy zarrin kokillarini yer yuziga yoyib yuboradi, ba’zan bulut oy yuzini qoplab oladi. (Oybek.)
Teng bog`lovchilar vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gaplar qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar yoxud mazmunan zid bo`lgan voqea-hodisalar anglashilib turadi.
Bunda –u, (-yu), -da, na..., na yuklamalari biriktiruv bog`lovchilarining vazifasini, -u (-yu) yuklamasi zidlov bog`lovchilari vazifasini bajaradi. Masalan: Oyko`l ilgari alohida xo`jalik edi-yu, kattagina idorasi bor edi. (P.Qodirov.) Ikki tomondagi kitoblarga to`lib turadigan qubbali javonlarda na bir kitob bor, na bir qo`lyozma bor. (O.Yoqubov.)
Bo`lsa, esa so`zlari vositasida tuzilgan bog`langan qo`shma gap qismlaridan bir vaqtda yoki ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar qiyoslanishi anglashiladi. Masalan: Oliy himmatli kishi, mard odam bir lahzada do`st orttiradi, pastkash esa necha yillik oshnaligini bir lahzada barbod qiladi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur».)


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin