Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Egalik qo`shimchalarining uslubiy xususiyatlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə220/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

2. Egalik qo`shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
1) otlarda qo`llangan egalik qo`shimchasi qaratqich kelishigi qo`shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo`shimchasi esa egalik qo`shimchasining mavjudligini ko`rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qo`shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo`shimcha shaxs-son ko`rsatmaydi: Bizning maktab – maktab bizniki.
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo`llanishi ham mumkin: Mening uyim shu erda – Kaminaning uyi shu erda.
3. Ot yasovchi qo`shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo`shimchalar orasida o`zaro sinonim bo`lgan qo`shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos – adabiyotchi, mehnatkash – mehnatchi.


Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo`shimchasi o`rnida –mtir, -imtil, -ish qo`shimchalari qo`llanishi mumkin: ko`kroq – ko`kish, qoraroq – qoramtir.
2. Sifat yasovchi qo`shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko`plab uchraydi: aybdor – aybli, serg`ayrat – g`ayratli, chopqir – chopag`on, beg`ubor – g`uborsiz, bama’ni – ma’nili.
3. Bu qo`shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz.


Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. U, bu, shu olmoshlari o`rnida bir so`zi (yoki bir xil so`zlari) qo`llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi.
2. Men olmoshi o`rnida kamina so`zi, siz o`rnida o`zlari so`zi qo`llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo`q. Siz va’da bergan edingiz – O`zlari va’da bergan edilar.
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig`ilishlarda men olmoshining o`rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko`rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida so`z yuritiladi.
4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o`rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko`plik qo`shimchasi qo`shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar.
5. Ko`rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono maslahatchi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin