Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə221/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar
1. Shaxs-son qo`shimchalarining sinonimiyasi:
1) fe’lning 2-shaxs birlik qo`shimchasi o`rnida 2-shaxs ko`plik qo`shimchasi qo`llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi?
2) fe’lning 1-shaxs birlik qo`shimchasi o`rnida 2-shaxs birlik qo`shimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi.
3) 2-shaxs ko`plik o`rnida 1-shaxs ko`plik qo`shimchasi qo`llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz.
4) 2-shaxs ko`plik o`rnida 3-shaxs birlik qo`shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - SHunaqa ish bilan hazillashib bo`ladimi?
2. Zamon qo`shimchalarining sinonimiyasi:
1) hozirgi zamon davom fe’li o`rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo`lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).
2) kelasi zamon o`rnida hozirgi zamon shakli qo`llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz.
3) hozirgi zamon o`rnida o`tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi.
3. Mayl qo`shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o`rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o`rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
4. Nisbat qo`shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo`shimchasi ko`plik qo`shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar.
2) nisbat qo`shimchalari ichida o`zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
5. Fe’l yasovchi qo`shimchalar sinonimiyasi:
1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bo`ladi: gulladi – gulga kirdi.
2) qo`shimcha yordamida yasalgan fe’llar qo`shma fe’llarga sinonim bo`ladi: himoyaladi – himoya qildi.
3) fe’l yasovchilar o`zaro sinonim bo`ladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin