Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə50/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

2. Ayrim undoshlar orfoepiyasi

1. So`z oxirida kelgan jarangli b, v, g, d, j, j, z undosh tovushlar jarangsiz p, f, k, t, ch, sh, s tarzida talaffuz qilinadi:


maktab→[maktap], Salimov →[salimɔf], pedagog→[pidagok], zavod→[zavot], avj→[avch], garaj[garish], faraz→ [faras].
2. ba’zan so`z o`rtasida jarangsiz undoshlardan oldin kelgan v, z jarangli undoshlar ham jarangsiaz f, s tarzida aytiladi: avtobus →[aftobus], mazkur→ [maskur].
3. Ayrim undoshlardan (g, s, t, sh) oldin qo`llangan chuqur til orqa portlovchi q undoshi sirg`aluvchi x tarzida talaffuz qilinadi: naqd → [naxt], maqsad→ [maxsat], vaqt→ [vaxt], qaqsha→ [qaxsha].
4. kombinator o`zgarishga uchragan ayrim so`zlar talaffuz me’yorlariga mos deb qaraladi: manba→[mamba], tanbur→ [tambur], karnay→[kannay], bebosh→[bevosh], buncha→[muncha].


3. Ayrim affikslar orfoepiyasi

1. Hozirgi o’zbek tilida qaratqich va tushum kelishigi affikslari (-ning va -ni ) bir xil -ni tarzida aytiladi. Qiyoslang : maktabni (hovlisi ), maktabni (esladi), kitobni (muqovasi), kitobni (o’qidi).


2. Men, sen olmoshlariga qaratqich kelishigi affiksi (-ning ), tushum kelishigi affiksi (-ni) hamda qarashlilik affiksi (-niki) qo’shilganda , n undoshi bitta talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: men+ning = meni, sen+ ni = seni, men+ niki = meniki.
3. Oxiri b, p, d, t, s, f, x, ch, sh, h undoshlari bilan tugagan so’zlarga qo’shilgan jo’nalish kelishigi affiksi –ka tarzida aytiladi: kitobka (kitobga), kanopka (kanopga), avlotka (avlodga), tutka (tutga ), giloska (gilosga), insofka (insofga ), mixka (mixga), sochka (sochga), idishka (idishga).
4. Oxiri k yoki g bilan tugagan so’zlarga g undoshi bilan boshlanadigan –ga , -gan, - gach, -guncha, -gin affikslar qo’shilganda, affikslardagi g undoshi k tarzida aytiladi : etak-etakka , barg - barkka , ek - ekkan , tug – tukkan kabi.
5. Oxiri q yoki g’ bilan tugagan so’zlarga g undoshi bilan boshlanadigan -ga, -gan, gach,- gunsha, -gin kabi affikslar qo’shilganda, affikslardagi g’ undoshi q tarzida talaffuz qilinadi: qishloq –qishloqqa, tog’ - toqqa, chiq – chiqqan , sog’ – soqqach kabi.
6. Oxiri b, p, d, t, s, f, x, ch, sh, h undoshlari bilan tugagan so’zlarga qo’shilgan o’rin payt va chiqish kelishigi affikslari -ta , -tan tarzida aytiladi: kitopta (kitobga), kanoptan (kanopdan), zavottan (zavotdan), muhlatta (muhlatda), gilostan (gilosdan), takliftan (taklifdan), cho`michta (chomichda).
7. Dorboz, ishqiboz, kaptarboz, bog’bon, darvozabon, tarozibon so’zlari tarkibidagi –bos, - bon shaklida talaffuz qilindi: dorvos, ishqivos, kaptarvos, bog’von, darvozabon , tarozibon kabi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin