Transkripsiya(fonetik yozuv)
Og`zaki nutqda fonemalarning turlicha o`zgarishlarini, har xil variantlarda talaffuz etilishini aniq aks ettiradigan yozuv fonetik yozuv yoki transkripsiya (ingl. transcription – qayta yozish degani39) deyiladi. Bu yozuvda harflardan tashqari, maxsus belgilar ham ishlatiladi.
Transkripsadagi ko`pchilik belgilar alfavitdagi harflardan farq qilmaydi, ayrim o`rinlarda ba’zi qo`shimcha belgilar olinadi. Lekin transkripsiyada alfavitda bo`lmagan ba’zi belgi – harflar ham qo`llanadi.
Transkripsiyaning asosiy qoidalari va unda ishlatiladigan belgi – harflar quyidagilardan iborat:
1. Transkripsiya qilinadigan tovush yoki nutq parchasi kvadrat qavslarga olinadi: kitob –[kitɔp], telefon – [tilifon].
2. Transkripsiyada nutqiy taktlar bir – biridan bitta vertikal chiziq bilan, jumlalar esa ikkita vertikal chiziq [ // ] bilan ajratiladi. Katta harflar ishlatilmaydi.
3. Ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarda urg`u belgisi qo`yiladi, bir bo`g`inli so`zlarda urg`u qo`yilmaydi: [paxtá], [paxtakór], [gap].
4. [ɔ] belgisi o unlisini ifodalaydi: [qɔ p], [ɔ zɔ t], [ɔ bɔ t].
5. [o] harf belgisi o`unlisini ifodalaydi: [ozarɔ], [kon], [sozlar].
6. [ь] belgisi bilan, chigit, kishi kabi ko`p bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inidagi hamda tik, bir, chit kabi bir bo`g`inli so`zlarda qisqa til oldi unlisini ifodalaydi: bьlan, chьgit, kьshi, tьk, bьr, chьt.
7. [ъ] belgisi qish, g`isht, xirmon kabi qъsh, g`ъsht, xъrmon.
8. b, g, d, z, y, k, l, m, n, p, r, s, t, x, q, g`, h harflari o`z vazifasida ishlatiladi.
9. [v] belgisi vaza, vazir, zavod kabi so`zlarda lab-tish undoshini ifodalaydi: vaza, vazi:r, zavot.
10. [w] belgisi vodiy, sovuq, saylov kabi so`zlarda lab – lab v undoshini ifodalaydi: [wɔdi:],[ sɔwъq],[ saylɔw].
11. [ f ] belgisi fazo, fabrika, fil kabi so`zlarda lab – tish undoshini ifodalaydi: [fazɔ], [fabrika], [fil].
12. [ f'] belgisi tufli, tuf, uf kabi so'zlarda lab-lab f undoshini ifodalaydi: [tuf’li],[tuf’], [uf’].
13. [ ĵ ] belgisi juda, jazo, jilva kabi so`zlarda jarangli qorishiq portlovchi undoshini ifodalaydi:[ ĵuda],[ ĵazo], [ĵilva]
14. [ ņ] belgisi ng til orqa burun tovushini ifodalaydi: [oņ], [eņ],[ miņ].
15. [ç] belgisi til oldi jarangsiz qorishiq portlovchi ch undoshini ifodalaydi: [çьdam], [çaros].
16. [ş] belgisi til oldi jarangsiz sirg`aluvchi sh undoshni ifodalaydi: [şaşmaqɔm], [şaşka], [şarɔyit].
17. Unli tovushning cho'ziqligi [:] belgisini unlinking o`ng tomoniga qo`yilishi bilan ko`rsatiladi [ilmi:], [me:mor], [a:lo].
Dostları ilə paylaş: |